Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish

Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish — i.ch. jarayonlarida odamning jismoniy hamda aqliy mehnatini mashinalar va mexanizmlar zimmasiga yuklash. Bundan asosiy maq-sad — odamni ogʻir mehnat turlaridan ozod qilish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va b. U fan-texnika taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlib, i.ch. kuchlari taraqqiyotini taʼminlaydi, mehnat samaradorligini oshirishda modsiy asos boʻlib xizmat qiladi. I.ch. jarayonining texnik vositalar bilan taʼminlanganlik darajasiga va ish turiga koʻra, I.ch. m. qisman va yalpi (kompleks) mexanizatsiyalashtirish darajalari mavjud. Qisman mexanizatsiyalashtirishda asosiy tex-nologik jarayonlar mashina va mexanizmlar yordamida, yordamchi ishlar esa qoʻl kuchi bilan bajariladi. Yalpi mexanizatsiyalashtirishda korxonalar, q.h.,elektr st-yalari, shaxtalar, qurilish, dengiz portlari va b. hamma tarmoqlardagi barcha ishlar mexanizatsiyalashtiriladi. Mas, paxtachilik, gallachilik xoʻjaliklarida yerni shudgorlash, ekinlarni ekish, hosilini yigʻib-terib olishdan to tayyorlash punktlariga topshirguncha qilinadigan barcha ishlar mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Q. x. ning rivojlanishida I.ch.m. asosiy omillardan hisoblanadi. Qurilishdagi barcha ishlar — yer kazish ishlari, beton qorish, pardozlash, montaj qilish, tosh, shagal va qumni ortish, koʻtarish, tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan.

Mashinasozlik sanoatini yalpi mexanizatsiyalashtirishsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Xom ashyoni korxonaga keltirishdan to tayyor mahsulot holida isteʼmolchilarga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan barcha ishlar yalpi mexanizatsiyalashtiriladi. Fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida nafaqat jismoniy ishlar, balki aqliy mehnat ham mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Mas, xalq xoʻjaligining hamma sohalarida hisoblash ishlari EHM, kompyuterlarda bajariladi. I.ch.m. tadbirlari i.ch. ni avtomatlashtirishning asosi hisoblanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil