Isʼhoq Rajabov
Is’hoq Rizqiyevich Rajabov (1927.2.1 – Toshkent – 1982.1.12) musiqashunos, sozanda (dutor, tanbur). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1971). Zamonaviy oʻzbek maqomshunosligi asoschilaridan. Rizqi Rajabiyning oʻgʻli. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetini tugatgan (1950). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida ilmiy xodim (1955—61), Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida shoʻʼba mudiri (1961—82), ayni paytda Toshkent konservatoriyasi oʻqituvchisi (1972—79). Otasi Rizqi Rajabiy bilan birgalikda ijro etgan koʻpgina oʻzbek mumtoz kuylari grammyozuvga yozilgan. Ilmiy asarlari Oʻrta asr Sharq musiqasi risolalari, maqom sanʼati tarixi va nazariyasi (Oʻn ikki maqom tizimi, namudlar, Shashmaqom va boshqalar) masalalariga bagʻishlangan („Maqomlar masalasiga doir“, T., 1963 va boshqalar). „Shashmakrm“ning 6 jildli nashri (1966—74)ga muharrirlik qilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |