Andoza:Wikidata image

Ishoq ibn Ismoil Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Ishoq ibn Ismoil Samarqandiy (arabcha: اسحق بن اسماعيل سمرقندي — Ishoq ibn Ismoil Samarqandiy — Toʻliq ismi: Ishoq ibn Ismoil ibn Jaʼfar ibn Dovud ibn Yusuf (vafoti 873-yil)) — Muhaddis.

Hayoti va Faoliyati

tahrir

Ishoq ibn Ismoil Samarqandiy haqida Sam’oniyning „Al-ansob“ („Nasablar kitobi“) va Eron olimi Sayd Nafisiyning „Ahvol va ash’ori Abu Abdulloh Rudakiy“ („Abu Abdulloh Rudakiyning tarjimayi holi va ijodi“) nomli kitoblarida qisqacha maʼlumot berilgan. Ishoq ibn Ismoil Samarqandiy zamonasining donishmand va muhaddislaridan biri bo‘lgan. Hadis ilmini Maʼruf ibn Hasson, Mus’ada ibn Shohin, Mas’ud ibn Buhayra, Sallam, Umar ibn Abu Muqotil Fazoriy, Ahmad ibn Muoviya va boshqalardan taʼlim olgan. Ishoq ibn Ismoil Samarqandiydan Abbos ibn Fazl ibn Yahyo, Mas’ud ibn Komil, Nasr ibn Fath ibn Yazid va boshqalar hadis rivoyat qilishgan. 259/873-yili ramazonga o‘n bir kun qolganda juma kuni asrdan keyin olamdan o‘tgan.[1]


Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 562.