Ishsizlik nafaqasi
Ishsizlik nafaqasi - OʻzRda ishidan, ishidagi daromadidan mahrum boʻlib qolgan fuqarolarga qonunda koʻzda tutilgan tartibda va miqdorda, davriy ravishda beriladigan pullik yordam; ishsiz shaxslarga moddiy kafolatlarning asosiy turi. 16 yoshdan boshlab to pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan yoshdagi; ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega boʻlmagan; ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatga olingan; mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtishga, malakasini oshirishga tayyor turgan, mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb eʼtirof etiladi. (OʻzRning "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida" yangi tahrirdagi qonuni; 1998 y. 1 may). I. n. ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Qaramogʻida 3 nafargacha kishi boʻlgan, 35 yoshga toʻlmagan ishsiz erkaklarga I. n. haq toʻlanadigan jamoat ishlarida OʻzR Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning I.n. olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi bilan I-kundan eʼtiboran kuchga kiradi. I.n.ga oid amaldagi qonun-qoidalar OʻzR Mehnat kodeksi 60—66-moddalarida hamda yuqoridagi qonunda belgilab berilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |