Siydik tutilishi

(Ishuriyadan yoʻnaltirildi)

Siydik tutilishi, ishuriya - siydiktanosil sistemasi aʼzolarining turli kasalliklarida kuzatiladi, bunda usma, prostata bezi adenomasi, shu bezning yalligʻlanishi (parenximatoz prostatit), siydik toshi kasalligi va boshqa sababli siydik chiqarish kanalining teshigi bekilib qoladi. Bundan tashqari, markaziy nerv sistemasi kasalliklari, shuningdek, toʻgri ichak va but sohasidagi yalligʻlanish jarayonlari, chanoq suyagi shikastlanishi natijasida siydik chiqaruv kanalining zararlanishi ham Siydik tutilishiga sabab boʻladi. Siydik tutilishida bemorning teztez siygisi qistaydi, biroq siya olmaydi, qovuqning toʻlib ketganligi sezilib turadi, chov va but sohasida ogʻriq paydo boʻladi. Bemor ogʻriqni kamaytirish uchun qulay holat qidiradi: egiladibukiladi, yuza nafas oladi, sovuq ter bosadi, qaqshab titraydi. Siydik tutilishida tez yordam koʻrsatish lozim. Bunda maxsus asbob — kateter yordamida zudlik bilan qovuqaan siydik chiqariladi; baʼzan tez operatsiya qilinadi, St. oʻtib ketganidan soʻng uning sabablarini aniqlash va asosiy kasallikni davolatish uchun vrachurologga murojaat qilish zarur.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil