Isidor Aguirre
Isidora Aguirre Tupper (ispancha: Isidora Aguirre Tupper; 1919-yil 22-mart, Santyago, Chili – 2011-yil 25-fevral, Santyago) chililik yozuvchi, dramaturg va pedagog.
Isidora Aguirre | |
---|---|
Tavalludi |
Isidora Aguirre Tupper 22-mart 1919-yil |
Vafoti |
25-fevral 2011-yil (91 yoshda) Santiyago, Chili |
Taxallusi | Nené Aguirre |
Ijod qilgan tillari | Chilean Spanish va Ispan tili |
Fuqaroligi | Chili |
Biografiyasi
tahrirFernando Agirre Errasuris va rassom Mariya Tupper Xuneusning qizi (1893—1965)[1]. U Santyagodagi Janna d’Ark maktabida taʼlim olgan, keyinchalik 1937-yildan 1939-yilgacha ijtimoiy fanlar, adabiyot, musiqa, zamonaviy balet va tasviriy sanʼatni oʻrgangan[2]. 1940-yilda Mariya ispaniyalik erkakka turmushga chiqqan. Bir necha yil u bilan qishloq joylarida yashagan[3]. 1949-yilda u Parijga yoʻl olgan va teatr hamda kino bilan shugʻullanishni davom ettirib, rassom-illyustratorlik yoʻli bilan tirikchilik qilgan. U Oliy kinematografiya maktabida, kyinchalik aniqrogʻi 1951-yildan boshlab Santyagoda tahsil olgan. 1952-yilda Taʼlim vazirligining Teatr akademiyasi qoshidagi dramaturgiya kurslariga oʻqishga kirgan.
Ijodi
tahrirIsidor asosan Amerika va Yevropaning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan ijtimoiy mavzulardagi dramatik asarlar yozgan. Uning eng mashhur asari „Pergola de las flores“ boʻlib, u „XX asrning ikkinchi yarmida Chili teatri rivojlanish tarixidagi muhim voqealardan biri“ga aylangan[4]. 1954-yilda „Taliya“ teatri I.Agirrening birinchi pyesasi – „Polnochniy dogovor“ni sahnalashtirgan. Muallifning boshqa pyesalari: „Karolina“ (1955, Chili universiteti „Eksperimental teatri“), „2x2=5“ (1957, Konsepsiondagi universitet teatri). I. Agirrening (M. Roxas bilan hamkorlikda) „Población Esperanza“ nomli dramasi mashhur boʻlib, unda shahar qashshoqlari hayotining ogʻirligi tasvirlangan. 1959-yilda bu pyesani taniqli chililik rejissyor P.de la Barra Konsepson universiteti teatrida sahnalashtirgan. Teatr tanqidchilari Chili xalq afsonasi asosida yozilgan „ Las tres Pascualas“ (Las tres Pascualas, 1957) romantik dramasini yuqori baholashgan. I. Agirre „Eksperimental teatr“ qoshidagi teatr maktabida va Chili universitetida Chili teatri tarixidan dars bergan. I. Agirre romanlar ham yozgan. 1987-yilda chop etilgan birinchi romani onasining tarjimayi holiga asoslangan, ikkinchisi („Carta a Roque Dalton“, 1990) salvadorlik shoir Roke Daltonga bagʻishlangan, uchinchisi („Santiago de diciembre a diciembre“, 1998) esa Salvador Alende prezidentligi va uning Augusto Pinochet tomonidan agʻdarilishi fonidagi sevgi qissasi hisoblanadi. 1973-yil 11-sentyabrdagi harbiy toʻntarishdan soʻng Agirre universitetdagi ishini yoʻqotgan, shundan keyin u muhojirlikda: Kito, Kali, Bogota va Mexikoda teatr toʻgaraklarini boshqargan. U 2011-yil 25-fevral kechasi o‘pka yetishmovchiligi tufayli vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑
- ↑ „Isidora Aguirre (1919–2011): una vida intensa“ [Isidora Aguirre (1919–2011): An Intense Life] (Spanish). Memoria Chilena. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
- ↑ Sabater Villalba, Albina. „Isidora Aguirre: 'Quiero un mundo mejor'“ (Spanish). El Mercurio Ya (1986-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
- ↑ „Isidora Aguirre“ (Spanish). Profesor en Línea. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.