Isidor Baraxov
Isidor Nikiforovich Baraxov (Ivanov) (1898-yil 12-fevral — 1938-yil 15-sentyabr) — sovet davlat, ijtimoiy va siyosiy arbobi, fuqarolar urushi qatnashchisi. Maksim Ammosov va Platon Oyunskiy bilan birgalikda RSFSR tarkibida Yoqut ASSR tashkil etilishining boshida turgan. Stlin repressiiyasi qurboni.
Isidor Baraxov | |
---|---|
Tavalludi |
12-fevral 1898-yil Xarbalax naslegi, Verxnevilyuy ulusi, Yakutsk viloyati |
Vafoti |
15-sentyabr 1938-yil (40 yoshda) Kommunarka, Moskva |
Fuqaroligi | SSSR |
Turmush oʻrtogʻi | Aleksandra Andreyevna Cherepanova |
Biografiyasi
tahrirIsidor Baraxov 1898-yil 12-fevralda Yakutsk viloyati Verxnevilyuy ulusining Xarbalax naslegida boy chorvador-dehqon oilasida tugʻilgan. 1914-yilda Verxnevilyuydagi qishloq boshlangʻich maktabni tugatgan. Yakutskdagi oʻqituvchilar seminariyasida oʻqigan yillarida E. M. Yaroslavskiy tanishib qoladi va uning inqilobiy doirasida qoʻshiladi. 1917-yil sentyabrdan Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi aʼzosi. RKP (b) Yakutsk guberniyasi, Vilyuy uyezdi byurosi kotibi (1920—1922), YASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi (1922—1924), Butunittifoq kommunistik partiyasi Yakutsk viloyati qoʻmitasining birinchi kotibi (1926—1928), Butunittifoq kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimining Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq sektori mudiri oʻrinbosari, keyin sektor mudiri (1933—1938) boʻlib ishlagan. Partiyaning X, XII, XV syezdlariga delegat, SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi, YASSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga saylangan[1]. 1926-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan I Butunittifoq turkologik syezdida yoqut delegatsiyasiga rahbarlik qilgan.
1921-yil mart oyida Kommunistik partiyaning X qurultoyida Yoqutistondan ovoz berish huquqiga ega yagona vakil sifatida qatnashadi (ikkinchi delegat Platon Oyunskiy maslahat ovozi huquqiga ega boʻlgan). 1924-yil sentyabrdan Moskvadagi Kommunistik akademiyaning marksizm kurslari tinglovchisi. 1921—1924-yillarda partiya guberniyasi byurosi kotibi, Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari sovetining raisi boʻlib ishlaydi. 1926—1928-yillarda Yoqutistondagi partiya tashkilotiga rahbarlik qilgan.
1928—1933-yillarda Qizil professorlar institutida tahsil olgan. Oʻqishni tugatgach, Markaziy qoʻmita apparatida, Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq qishloq xoʻjaligi sektori boshligʻi boʻlib ishlagan. Yoqutiston iqtisodiyotiga oid ilmiy ishlar muallifi.
1938-yilda soxta ayblovlar bilan ayblanib, oʻsha yilning 15-sentyabrida Moskva yaqinidagi Kommunarka poligonida qatl qilingan.
1956-yil 31-oktyabrda reabilitatsiya qilingan[2].
Xotini Aleksandra Andreyevna Cherepanova, oʻgʻli Yaroslav.
Xotira
tahrir- Isidor Baraxov nomi 1-sonli Verxnevilyuy oʻrta maktabiga, Yakutsk, Verxnevilyuy va boshqa aholi punktlaridagi koʻchalarga berilgan.
- 1974-yil 31-oktyabrda Oka kemasozlik zavodida qurilgan „Sovet Yakutiyasi“ loyihasining yangi kemasiga Isidor Baraxov nomi beriladi.
- 1976-yilda Lena daryo paraxodchiligi birlashmasi tomonidan qurilgan „Lenaneft-2004“ neft tankeri nomi 2014-yil fevral oyida Isidor Baraxov sharafiga oʻzgartirildi[3][4].
- 2014-yil 27-aprelda Yakutskda Isidor Baraxov haykali oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Краткий справочник по фондам архивов Национального архива РС(Я)“. 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-aprel.
- ↑ Delegat trex partiynix sʼezdov. D. Puxov. Gazeta „Yakutiya“ 2008 g. 13 fevralya, № 27
- ↑ „Танкер «Ленанефть-2004» Ленского пароходства получил новое имя“. 2014-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
- ↑ „«Исидор Барахов»“. 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.