Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Yoqut ASSR, YASSR) — 1922—1990-yillar oraligʻida mavjud boʻlgan, poyxati Yakutsk shahri sanalgan RSFSR tarkibidagi avtonom respublika. Ushbu avtonom respublika Lena, Anabar, Olenyok, Yana, Indigirka daryolari havzasida hamda Kolimaning quyi oqimida, shimolda Laptev dengizi va Sharqiy Sibir dengizi va Nobaya Sibir orollari qirgʻoqlarigacha boʻlgan hududda joylashgan. Respublika hududining 40% dan ortigʻi Arktika doirasian tashqarida hisoblangan.
| |||
avtonom respublika | |||
---|---|---|---|
Tegishli | RSFSR | ||
Tarkibida | 32 tuman, 10 shahar, 59 shahar tipidagi posyolka. | ||
Yirik shahari | Yakutsk | ||
Asos solingan sanasi | 1922-yil 27-aprel | ||
Aholi (1989) | 1 094 065 | ||
Maydoni | 3 mln 103,2 ming km² | ||
Qisqacha | YASSR | ||
Xaritada | |||
62°1′59.999″N 129°43′59.999″E / 62.03333306°N 129.73333306°E |
Tarixi
tahrirYASSR RSFSR tarkibida 1922-yilning 27-aprelida Irkutsk viloyati ning Kirenskiy tumani tarkibiga kiruvchi Quyi Tunguska tumanini oʻz tarkibida qamrab olmagan paytida Yakutsk viloyati hududida tashkil etilgan. Respublika shuningdek, Yenisey viloyatining Xatango-Anabarskiy tumani, Irkutsk viloyatining Kirenskiy tumanidagi Olekminsko-Suntarskiy volosti Shimoliy Muz okeanining 84° va 140½ sharqiy uzunlik meridianlari orasida joylashgan barcha orollarini oʻz ichiga olgan. Yoqut Avtonom Respublikasining shakllanishida Maksim Ammosov, Platon Oyunskiy va Isidor Baraxov kabi shaxslar katta rol oʻynagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida YASSRning 50 mingdan ortiq aholisi frontda jang qilishgan. Ulardan 25 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Frontda asosi respublika aholisidan iborat boʻlgan boʻlinmalar ham boʻlgan. Masalan, Staraya Russa koʻchalaridan biri shunday birlik — yoqut miltiqlari xotirasiga nomlangan.
1990-yil 27-sentyabrda Yoqut ASSR Oliy Kengashi RSFSR tarkibida avtonom respublikadan Yoqut-Saxa Sovet Sotsialistik Respublikasiga oʻzgarganligini eʼlon qildi[1]. 1991-yilning 24-mayda RSFSR Xalq deputatlari qurultoyi ushbu nomni tasdiqladi va 1978-yilgi RSFSR Konstitutsiyasining 71-moddasiga oʻzgartirish kiritdi[2].
1991-yil 27-dekabrda Yoqut-Saxa SSR Oliy Kengashi respublikani Saxa (Yakutiya) Respublikasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi[3]. 1992-yil 21-aprel sanasidagi qonunga asosan Rossiya Federatsiyasi Xalq deputatlari Kongressi Rossiya Konstitutsiyasiga respublikaning yangi nomini rasman kiritilishini tasdiqladi[4].
Aholisi
tahrir1979-yil boshidagi aholi tarkibi
- Ruslar — 430 ming
- Saxalar — 314 ming.
- Ukrainlar — 46 ming
- Evenklar — 11,6 ming.
- Evenlar — 5,8 ming.
- boshqalar — …
Aholi soni
Yil | Ah |
---|---|
1926-yil | 289 ming |
1931-yil | 308,4 ming |
1959-yil | 488 ming |
1978-yil | 842 ming |
1988-yil | 963 ming |
1989-yil | 1 094 065 |
Mukofotlar
tahrir- 1957-yil Lenin ordeni
- 1972-yil Oktyabr inqilobi ordeni
- 1972-yil Xalqlar doʻstligi ordeni
Manbalar
tahrir- ↑ „Декларация о государственном суверенитете Якутской-Саха Советской Социалистической Республики“. 2019-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Закон РСФСР от 24 мая 1991 г. «Об изменениях и дополнениях Конституции (Основного Закона) РСФСР»“. 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-fevral.
- ↑ „Постановление Верховного Совета Якутской-Саха ССР от 27 декабря 1991 года № 767-XII «О переименовании Якутской-Саха ССР»“. 2016-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
- ↑ Zakon Rossiyskoy Federatsii ot 21 aprelya 1992 goda № 2708-I „Ob izmeneniyax i dopolneniyax Konstitutsii (Osnovnogo Zakona) Rossiyskoy Sovetskoy Federativnoy Sotsialisticheskoy Respubliki“. Danniy zakon vstupil v silu s momenta opublikovaniya v Rossiyskoy gazete 16 мая 1992 goda.