Isikava Takuboku
Isikava Takuboku (taxallusi — Takuboku) (1885.28.10, Ivate viloyati — 1912.13.4, Tokio) — yapon yozuvchisi, adabiyotshunos. Ijtimoiy va ishqiy mavzudagi sheʼrlari jahon sheʼriyatining durdonalari hisoblanadi. Ilk sheʼriy toʻplami "Intilish va ehtiros" 1905-yil chop etilgan. "Bir siqim tuproq" (1910), "Sado va hushtak" (1911), "Gʻamgin oʻyinchoq" (1912) toʻplamlari, ayniqsa, kitobxonlar oʻrtasida shuh-rat qozongan. Sheʼrlarining koʻpchiligi yapon sheʼriyatiga xos tanka va oq sheʼr janrlarida yaratilgan. Shoir tanka janriga chinakam demokratik maz-mun baxsh etdi, uni yangi obrazlar va ritmlar bilan boyitdi. "Isteʼdod qismati" (1906), "Bizning ion guruhimiz" (1912) kabi romanlar muallifi. T.ning koʻpchilik sheʼrlari xalq ohanglari yoʻlida aytiladigan yapon milliy qoʻshiklariga aylanib ketgan. T. hayotining soʻnggi yillarida ijtimoiy masalalarga jiddiy eʼtibor bergan.
T.ning bir turkum sheʼrlari Hurshid Davron tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1989).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |