Iskabtopar isitmasi, pap patichi isitmasi — virus qoʻzgʻa-tadigan oʻtkir infeksion kasallik. Infeksiya iskabtoparlar (fleboto-muslar) chaqishi orqali yuqadi. Virus iskabtoparning 3 nasli mobaynida saqlanadi va mavsum sayin ulardan kishilarga oʻtadIskabtopar isitmasi. Oʻrta dengiz sohilida, Yaqin Sharqda, Hindiston, Sharkiy Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikada bor. Oʻrta Osiyoda ondasonda uchraydi. Yashirin davri 3–6 kun. Temperatura bir necha soat ichida 38–40° gacha koʻtarilib, 2–3 kundan keyin tushadi. Bemorning darmoni quriydi, boshi, muskullari ogʻriydi, koʻzida ogʻriq seziladi; yuzi va tanasining yuqori qismi kerkadi, qizaradi; koʻz oqi ham qizaradi; baʼzan koʻngli aynib, qusadi. Temperatura tushgach, darmonsizlik uzoq davom etadi. Iskabtopar isitmasini vrach aniqlaydi vadavolaydi. Oldini olish: bemor iskabtoparlar kira olmaydigan alohida xonaga yotqiziladi; iskabtoparlar yoʻq qilinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil