Sobir Iskandarov (1909.11.03 – Toshkent – 1976.02.07) — kino dublyaji rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Leningrad sahna sanʼati texnikumini tugatgan (1930). 1930-yildan "Oʻzbekfilm"da ishlagan. "Soʻnggi bek" filmida aktyor, "Makrli changal", "Tong oldidan", "Ulim qudugʻi", "Yigit" filmlarida rejissyor yordamchisi, aktyor sifatida qatnashgan. 1936-yildan rejissyor Chet el filmlarini oʻzbek tiliga dublyaj qilishda xizmatlari katta. "Ikki jangchi", "Tinch oqar Don", "Ona kalbi", "26 Boku komissari", "Joʻra sarkor", "Sevgi va so-qov", "Sofiya Grushko" va boshqalar u rejissyorlik qilgan filmlardan. Iskandarov, shuningdek, oʻzbek filmlarini qardosh xalqlar tillariga dublyaj qilishda ham qatnashgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil