Islandlar
Islandlar — xalq. Islandiyaning asosiy aholisi. 255 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Kanadada (30 ming kishi), AQShda (5 ming kishi) va Yevropa mamlakatlarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. Island tilipe. gaplashadilar. Dindorlari — lyuteranlar.
I.ning etnogenezi va etnik tarixi yaxshi oʻrganilgan: "Yer egallanganligi haqida kitob" (12—13-asrlar)da Islandiyaga dastlabki (9—10-asrlarda) kelgan 400 kishining (asosan, norveglar) nomlari keltirilgan. Skandinav-kelt komponenti I.ning boshlangʻich etnik asosi boʻlgan. 930 yilda birinchi umumisland xalq majlisi — alting chaqirilgan. 1000 yildagi altingda ixtiyoriy ravishda xristian dini qabul qilingan. 13—17-asrlarda I. elatboʻlib, 19-asr oxirida esa millat boʻlib shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — qoʻychilik va yilqichilik, shuningdek, baliqchilik, hunarmandchilik ham qad. tarixga ega.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |