Islom Azad universiteti (Qazvin)

Islom Azad universiteti, Qazvin filiali (forscha: دانشگاه آزاد اسلامی واحد قزوین, Danushgah-e Âzad-e Eslâmi-ye Vahed-e Qezvin) – Eronning Qazvin shahridagi xususiy universitet.

Islom Azad universiteti
  • دانشگاه آزاد اسلامی واحد قزوین
Turi xususiy universitet
Asos solingan sanasi 1992 (32 yil avval) (1992)
Prezidenti Ismoil Zaynaali
Talabalari ~15,000
Joylashuvi
Qazvin
,
Eron
Veb-sayti qazvin.iau.ir

Tavsifi

tahrir

Universitet milliy va mintaqaviy oliy taʼlim sohasida yetakchi boʻlib, innovatsion menejerlar va ekspertlarning yangi avlodini tayyorlash orqali jamiyatga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Keng iqtisodiy, madaniy, texnologik va ijtimoiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda, universitet taʼlim kurslari va koʻplab xizmatlarni loyihalash va rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar va eng ilgʻor taʼlim tizimlaridan foydalanish, shuningdek chet el universitetlari bilan hamkorlik qilish orqali vujudga keltirilgan taʼlim va tadqiqot ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Oʻzining navbatdagi missiyasi sifatida universitet xalqaro universitetga aylanishga intilmoqda. Hozirda u akkreditatsiyadan oʻtgan baʼzi universitetlar bilan tadqiqot va taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlik qilmoqda[1].

Tarixi

tahrir

Universitet 1992-yilda tashkil etilgan. Universitetda hozir 100 ta dastur boʻyicha 15 000 ga yaqin talaba tahsil oladi. U assotsiatsiya, bakalavr, magistr va PhD darajalarida ilmiy unvonlar beradi.

Kampus

tahrir

IAUQB asosiy kampusi Barajin tumanidagi Tehron-Rasht avtomobil yoʻlining shimolida joylashgan. Kampus yerlarining katta qismi oʻzlashtirilgan.

Asosiy kampusda 15 dan ortiq binolar mavjud. Ulardan beshta bino kollejdir:

  • Biotibbiyot muhandisligi, elektrotexnika, IT va kompyuter fanlari kolleji
  • Qurilish muhandisligi kolleji
  • Arxitektura kolleji
  • Sanoat va mashinasozlik kolleji
  • Buxgalteriya hisobi va menejment kolleji
  • Texnik diplomlar kolleji (Navab kolleji; asosiy kampusda emas)

Asosiy kampus mamlakatdagi eng chiroyli inshootlardan hisoblanadi. U Erondagi eng yirik kollej masjidlaridan biriga ega.

Kampusda oʻziga xos dam olish va koʻngilochar maskanlari ham mavjud. Bu yerda zamonaviy ustaxonalar, laboratoriya va texnologik birliklar joylashtirilgan. Asosiy kampusda mexatronika tadqiqot laboratoriyasi va texnologiya boʻlinmalarining inkubator markazi faoliyat yuritadi. 130 000 dan ortiq kitob fondiga ega universitetning markaziy kutubxonasi tadqiqot uchun qulaydir. Butkul shisha bila qoplangan kutubxona oʻquv zali kunduzgi yorugʻlikdan maksimal foydalanish imkoniyatini beradi.

2014-yilda 1980-yillardagi Eron-Iroq urushida halok boʻlgan askarlar dafn etilganidan soʻng, universitet madaniyat boʻlinmalari ularning qabri ustiga yodgorlik qurishga qaror qilgan. Yodgorlik 2015-yilda qurib bitkazilgan. Unda Nishopurlik Attorning mashhur "Mantiq ut-tayr" sheʼriy kitobidan parchalar olingan boʻlib, yetti muhabbat vodiysini koʻrsatadi.

Akademiklar

tahrir

Universitet toʻrtta ilmiy daraja dasturlarida oʻqishlikni taklif qiladi, bular: assotsiatsiya, B.A/B.Sc, MSc va PhD.

Biotibbiyot muhandisligi, elektrotexnika, IT va kompyuter fanlari maktabi

tahrir

Fakultet 1993, 1996, 1997, 1998-dan 2003-yilgacha kompyuter injiniringi (dasturiy taʼminot, apparat taʼminoti), elektrotexnika (elektronika, boshqaruv) va axborot texnologiyalari boʻyicha bakalavr darajasini hamda uzluksiz hisoblash boʻyicha dotsent diplomini qoʻlga kiritish uchun oʻquv kurslarini taklif qilgan. 1999-yildan 2003-yilgacha elektrotexnika (elektronika) boʻyicha uzluksiz bakalavr yoʻnalishi boʻyicha boshqa taʼlim yoʻnalishlari fakultet dasturiga qoʻshilgan. 2003-yilda fakultetda „Elektrotexnika, kompyuter va axborot texnologiyalari“ fakultetida toʻrtta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha magistratura taʼlim boʻlimi oʻz faoliyatini boshlagan. Bundan tashqari, kompyuter injiniringi (dasturiy taʼminot) bitiruvchilari soni 5 nafarni, olingan dissertatsiyalar soni esa 60 nafarni tashkil etadi.

Talabalar sonining koʻpayishi va taʼlim maydoniga boʻlgan talab tufayli ushbu fakultet oʻzining avvalgi joyi Navabdagi Dotsent diplom fakultetidan Shahid Abbaspur kampusidagi yangi binoga koʻchirilgan.

Hozirgi fakultet maydoni 9682 kvadrat metrni tashkil etadi, shundan 37 ta sinfxonasi, audio-vizual uskunalar bilan jihozlangan 6 ta sinfxonasi, kompyuter va elektron ish uchun laboratoriya va ustaxona jihozlari bilan jihozlangan 15 ta sinfxonasi mavjud. Hozirda fakultetda 3882 nafar talaba tahsil olmoqda.

Fakultetda 33 nafar professor-oʻqituvchilar, shuningdek, 42 nafar mehmon oʻqituvchi faoliyat olib boradi. Yuqoridagi raqamlar texnik kurslar bilan bogʻliq. Mexatronika, Kompyuter injiniringi (dasturiy taʼminot, sunʼiy intellekt) va IT injiniring kafedralarida 8 nafar oʻqituvchi va 6 nafar mehmon oʻqituvchi ishlaydi[2].

Mexatronika tadqiqot laboratoriyasi (MRL)

tahrir

Mexatronika tadqiqot laboratoriyasi 2003-yilda universitet nazorati ostida mustaqil tadqiqot markazi sifatida tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyat turidan biri RoboCup xalqaro tanlovida ishtirok etishlikdir.

Manbalar

tahrir
  1. „AUQ info“. Official Website of university. Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.[sayt ishlamaydi]
  2. More information[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir