Islom Azad universiteti (Tehron)
Islom Azad Universiteti, Tehron tibbiyot filiali (forscha: دانشگاه علوم پزشکی آزاد اسلامی تهران, Danushgah-e Âzad-e Eslâmi-ye Vahed-e Pezeshki-ye Tehran) – Eronning Tehron shahrida joylashgan xususiy tibbiyot universiteti. Universitet Islom Azad universitetining bir filialidir.
| |
Universitet logosi | |
Shiori | “Salomatlik, farovonlik va inson fanlari uchun innovatsion yechimlar” |
---|---|
Turi | xususiy universitet |
Asos solingan sanasi | 1-iyun 1985-yil |
Prezidenti | Dr. Aliriza Xoshdel |
Talabalari | 23,000[1] |
Joylashuvi |
Tehron , Eron |
Kampusi | shahar ichida |
Veb-sayti | tms.iau.ir |
Tarixi
tahrirIslom Azad universiteti, Tehron tibbiyot filiali 1985-yil 17-iyunda tashkil etilgan. Universitet nodavlat (ONG) va kommunal xizmatlar uchun moʻljallangan notijorat tashkilot hisoblanadi. Uning byudjeti talabalarning toʻlovlari bilan taʼminlanadi.
2017-yilda Islomiy Azad universitetining yetakchi qoʻmitasi tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika boʻlimlarini birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, Islom Azad universitetining tibbiyot va klinik fanlarning eng yirik boʻlimlaridan birini tashkil etgan. Birlashtirilganidan soʻng stomatologiya, farmatsevtika va tibbiyot fanlari bir institut qoshida, Islom Azad Tibbiyot fanlari universiteti ostida faoliyat yuritmoqda va tibbiyot hodimlari bilan hamkorlik qilmoqda[2].
Fakultetlari va maktablari
tahrirUshbu universitetda 8 fakultet tashkil etilgan:
- Farmatsevtika va farmatsevtika fanlari fakulteti
- Tibbiyot fakulteti
- Stomatologiya fakulteti
- Ilgʻor fanlar va texnologiyalar fakulteti
- Farmatsevtika kimyosi fakulteti
- Hamshiralik ishi va akusherlik fakulteti
- Sogʻliqni saqlash va tibbiy muhandislik hamda psixologiya fakulteti
- Paramedik fakulteti
Fakultet aʼzolari
tahrirUshbu universitetda 2500 nafarga yaqin rasmiy ravishda toʻla vaqtli professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ularning 80% ga yaqini fan nomzodi, professor, dotsentlarning va yordamchi oʻqituvchilardan ham assistent ilmiy unvoniga ega boʻlgan kichik mutaxassislik darajasi boʻlishi talab etiladi[1].
Bitiruvchilar soni
tahrirTehron tibbiyot filiallari bitiruvchilarining umumiy soni 2007-yil sentyabriga qadar taxminan oʻn bir ming nafarni tashkil etgan, ulardan 3700 nafari aspirantura, 3210 nafari bakalavriat, 370 nafari toʻxtatilgan bakalavr darajasi, 200 nafari magistratura va 3500 nafari kasbiy doktorantura bosqichining bitiruvchilaridir[3].
Taʼlim va tadqiqot faoliyati
tahrirUniversitetda talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratilgan. Fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan bir qancha patentlar, ilmiy jurnallar va nufuzli mahalliy hamda xalqaro ISIda oʻnlab maqolalar chop etishlari mumkin. Shuningdek, eng soʻnggi tibbiy jurnal va gazetalardan foydalanish imkonini beruvchi internet bilan taʼminlangan kutubxona jihozlanib, foydalanishga topshirilgan. Hozir ushbu universitetda 39 ming jilddan ortiq maʼlumotnomalar va havola qilinmagan fors va lotin tillaridagi kitoblarga ega toʻrtta kutubxona mavjud[3].
Sport tadbirlari
tahrirTehron tibbiyot boʻlimi jismoniy tarbiya boʻlimi boshligʻi Eron Islom Respublikasi Ayollar futbol federatsiyasi vitse-prezidenti va boshqaruv kengashi aʼzosi hisoblanadi[3].
Kampusning umumiy maydoni
tahrirTehron tibbiyot filiali 116 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda joylashgan boʻlib, taxminan 6500 kvadrat metr talabalar farovonlik markazlariga ajratilgan, shu jumladan 600 kvadrat metr sport zali maydoniga, taxminan 800 kvadrat metr kutubxonaga, deyarli 5000 kvadrat metr yashil maydon va mashinalar maydoniga ajratilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „درباره دانشگاه“ (fa). دانشگاه علوم پزشکی آزاد اسلامی تهران. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
- ↑ „About Us“ (en). Islamic Azad University Tehran Medical sciences. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „دانشگاه علوم پزشکی آزاد اسلامی تهران“, ویکیپدیا، دانشنامهٔ آزاد (fors), 2020-03-30, qaraldi: 2020-03-30