Ismael Blanco
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ismael Blanco (talaffuzi: Ismoil Blanko; 1983-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Argentinaning „Ciudad de Bolívar“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ismael Alfonso Blanco | ||
Tavallud sanasi | 19-yanvar 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Santa Elena, Argentina | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Club Ciudad de Bolívar | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2007 | Colón | 52 | (13) |
2005 | → Libertad (ijara) | 21 | (7) |
2005—2007 | → Olimpo (ijara) | 62 | (33) |
2007—2008 | → AEK Athens (ijara) | 34 | (20) |
2008—2011 | AEK Athens | 95 | (35) |
2011—2012 | San Luis | 13 | (2) |
2012 | → Legia Warsaw (ijara) | 10 | (2) |
2012—2013 | 1860 Munich | 15 | (2) |
2013 | → Lanús (ijara) | 16 | (5) |
2013—2014 | Lanús | 40 | (6) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (10-aprel 2022-yil uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirArgentina
tahrirBlanco faoliyatini 2002-yilda Colón bilan boshlagan. 2004-yilda tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Asosiy jamoadagi oʻrnini yoʻqotib, reabilitatsiyadan soʻng 2005-yil yanvar oyida Paragvayning „Libertad“ klubiga ijaraga berildi va 2005-yilgi Libertadores kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Jamoasining 1-guruhdagi muvaffaqiyatsiz harakatlari davomida ikki marta gol urdi.
AEK Athens
tahrirBlanco Colónda uzoq qolmadi. 2007-yil 10-avgustda Blanco ijara asosida AEK Athensga[2] qoʻshildi. 2007-yil 20-sentyabrda „Red Bull Salzburg“ga qarshi UEFA kubogi oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Keyin „Atromitos“ga qarshi Gretsiya Superligasida debyut qildi va oʻyinda dubl qayd etdi, AEK Athens 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Yevrokuboklardagi birinchi golini 2007-yil 13-fevralda „Getafe“ga qarshi oʻyinning 94-daqiqasida kiritdi, oʻyin 1-1 hisobida yakunlandi. Blanco 2007—2008-yilgi Gretsiya Superligasida 28 oʻyinda 19 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻldi (oltita pley-off oʻyinida yana bir bor gol urdi)[3].
San Luis
tahrir2011-yil 18-avgustda Blanco Meksikaning San Luis klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. Meksika ligasida 15 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.
1860 Munich
tahrirBlanco 2012-yilda TSV 1860 Munich bilan shartnoma imzoladi. 2.Bundesligada 13 ta oʻyinda raqib darvozasini ishgʻol qila olmadi, shu tariqa klubning umidlarini puchga chiqardi[5].
Janubiy Amerikaga qaytish
tahrir2013-yil fevral oyida Blanco oʻz vatani Argentinaga qaytib, Club Atlético Lanúsga qoʻshildi[6]. 16-iyun kuni Blanco ikki marta „River Plate“ darvozasini ishgʻol qildi, natijada 5:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2013-yilgi Torneo finalida 16 oʻyinda 5 ta gol urdi va Lanus uchinchi oʻrinni egalladi[7].
2014-yil 17-avgustda Blanco Guayaquil shahrida joylashgan Ekvador sport klubi Barcelona SC bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transferning umumiy summasi 2,9 mln yevroga baholangam[8].
2016-yil 22-avgustda yana Colónga qoʻshildi[9]. 2017-yil 11-avgustda „Atlético Tucumán“ga oʻtdi[10].
Egaleo
tahrir2020-yil yanvar oyida Gretsiyaning Egaleo klubiga qoʻshildi. Blanco avvalroq Argentina ikkinchi divizionida „Atletiko Mitre“ klubida oʻynagan va oʻtgan mavsumda 11 oʻyinda 3 ta gol urgan. Argentina klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi va 37 yoshida Gretsiyaga qaytishga qaror qildi[11].
Shaxsiy hayoti
tahrirBlanco asli misrlik[12]. Sebastián Blanconing eng katta akasi.
Faoliyati statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Pley-oflar | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Club Atlético Colón | 2002—2003 | Argentina birinchi divizioni | 19 | 5 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 6 |
2003—2004 | 14 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 3 | ||
2004—2005 | 16 | 3 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 4 | ||
Jami | 49 | 11 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 52 | 13 | ||
Libertad | 2005 | Paragvay ligasi | 15 | 5 | 0 | 0 | 6 | 2 | 0 | 0 | 21 | 7 |
Olimpo | 2005—2006 | Argentina birinchi divizioni | 24 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 5 |
2006—2007 | Primera Nacional | 38 | 28 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 38 | 28 | |
Jami | 62 | 33 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 62 | 33 | ||
AEK Athens | 2007—2008 | Super Liga | 28 | 19 | 2 | 0 | 7 | 1 | 6 | 1 | 43 | 21 |
2008—2009 | 30 | 14 | 6 | 5 | 2 | 1 | 6 | 3 | 44 | 23 | ||
2009—2010 | 29 | 8 | 1 | 0 | 8 | 4 | 5 | 1 | 43 | 13 | ||
2010—2011 | 22 | 9 | 7 | 4 | 7 | 2 | 3 | 0 | 39 | 15 | ||
Jami | 109 | 50 | 16 | 9 | 24 | 8 | 20 | 5 | 169 | 72 | ||
San Luis | 2011—2012 | Liga MX | 15 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 2 |
Legia Warsaw | 2011—2012 | Ekstraklasa | 6 | 0 | 4 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 2 |
1860 Munich | 2012—2013 | 2.Bundesliga | 13 | 0 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 2 |
Lanús | 2012—2013 | Argentina birinchi divizioni | 16 | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 5 |
2013—2014 | 26 | 4 | 0 | 0 | 14 | 2 | 0 | 0 | 40 | 6 | ||
Jami | 42 | 9 | 1 | 0 | 14 | 2 | 0 | 0 | 57 | 11 | ||
Barcelona SC | 2014 | Ecuadorian Serie A | 20 | 12 | 0 | 0 | 4 | 2 | 0 | 0 | 24 | 14 |
2015 | 42 | 14 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 48 | 14 | ||
2016 | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 1 | ||
Jami | 71 | 27 | 0 | 0 | 10 | 2 | 0 | 0 | 81 | 29 | ||
Club Atlético Colón | 2016—2017 | Argentina birinchi divizioni | 22 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 6 |
Atlético Tucumán | 2017—2018 | Argentina birinchi divizioni | 17 | 2 | 3 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 22 | 3 |
Club Atlético Mitre | 2018—2019 | Primera Nacional | 30 | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 31 | 7 |
Jami faoliyati | 478 | 160 | 29 | 16 | 56 | 14 | 20 | 5 | 584 | 187 |
== Yutuqlari ==; Olimpo
- Nacional B: 2006 Apertura, 2007 Klausura; AEK Athens
- Gretsiya kubogi: 2010—2011; ikkinchi oʻrin: 2008—2009
- Sidney futbol festivali: 2010-yil; Legia Warsaw
- Polsha kubogi: 2011—2012; Lanus
- Copa Sudamericana: 2013-yil; Barselona SC
- Ekvador A Seriyasi finalchisi: 2014-yil; Atletiko Tucuman
- Argentina kubogi sohibi: 2017—2018
Individual
tahrir- Nacional B Eng yaxshi toʻpurar: 2006 Apertura, 2007 Klausura
- Gretsiya Superligasining eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2007—2008
- Gretsiya Superligasi eng yaxshi toʻpurari: 2007—2008, 2008—2009
- Gretsiya Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2008—2009, 2010—2011
Manbalar
tahrir- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Ismael Blanco volvió al fútbol argentino para jugar en Ciudad de Bolívar, del Federal A“ (ispancha). diarioeltiempo.com.ar. 10-aprel 2022-yilda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 10-aprel 2022-yil.
- ↑ „AEK Athens signs Blanco“. aekfc.gr. 2007-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Blanco makes move permanent“. aekfc.gr. 2008-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ismael Blanco será el quinto extranjero de los potosinos“ (ispancha). mediotiempo.co (18-avgust 2011-yil). Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ „1860 München Results, Fixtures and Statistics - SoccerPunter“.
- ↑ „Ismael Blanco“. soccerfame.com. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
- ↑ „TORNEO FINAL 2013 – Promedios, Fixture, Posiciones“. 2020-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
- ↑ „Soccer Manager 2022“. el-gr.soccermanager.com. 2022-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
- ↑ „Ismael Blanco fue oficializado en Colón de Santa Fe“ (22-avgust 2016-yil).
- ↑ „Ismael Blanco, nuevo delantero de Atlético Tucumán“. El Gráfico.
- ↑ „Οριστική συμφωνία Αιγάλεω-Blanco!“ (5-yanvar 2020-yil).
- ↑ „Palermo & Genoa Monitoring AEK Athens Star Ismael Blanco – Report“. goal.com (10-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 14-aprel 2013-yil.