Ismoil ibn Ahmad ibn Muhammad ad-Dizakiy (Abu Ibrohim) — muhaddis. U Ustrushana mintaqasining Dizak shahrida tavallud topib, keyinchalik ilm talabi bilan Makka va Bag‘dod shaharlarida bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar esa undan hadis rivoyat qilganlar. Ismoil al-Dizakiy milodiy 1056-yil (hijriy 448-yil) vafot etgan[1].

Ismoil ad-Dizakiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1056-yil (hijriy 448-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 89-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.