Isobel „Izzy“ Dalton (talaffuzi: Izobel Delton; 1997-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — avstraliyalik futbolchi, Angliya FA ayollar chempionatida Lewes safida oʻynaydi. 17 yoshgacha boʻlgan Avstraliya ayollar milliy terma jamoasida aʼzosi[1].

Isobel Dalton
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Isobel Dalton
Tavallud sanasi 9-sentyabr 1997-yil (1997-09-09) (26 yosh)
Tavallud joyi Barnsley, Angliya
Boʻyi 165cm
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lewes
Raqami 23
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Brisbane Roar 1 (0)
2014—2015 Bristol City 1 (0)
2019—2021 Brisbane Roar 24 (0)
2020—2021 Napoli 4 (0)
2021— Lewes 22 (2)
Milliy terma jamoa
2012 Avstraliya U17 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 26-oktyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Bristol Academy tahrir

Avstraliyada oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Isobel 2014/15-yilgi mavsumda Bristol Academyda (hozirgi Bristol City) professional faoliyatini boshlash uchun Angliyaga qaytib keldi. Dalton FA WSLdagi debyutini Willie Kirk boshchiligida Arsenal WFCga qarshi oʻtkazdi.

Brisbane Roar tahrir

Dalton 2014-2015, 2019-2020 va 2020-2021-yillarda Brisben Roarda uchta oʻyin oʻtkazgan[2]. 2014-yilning 8-noyabrida Adelaida Unitedga qarshi 3:0 hisobida g‘alabali o‘yinda debyut qilgan, debyutidan buyon u jamoa safida yana 24 ta o‘yinda maydonga tushgan. Dalton yaqinda 2020/21-yilgi mavsumda jami 7 golli uzatma bilan ligada birinchi oʻrinni egalladi, jamoa esa mavsumda 2-oʻrinni egalladi. Shuningdek, u oʻsha mavsumda Brisben Roarda yilning eng yaxshi oʻyinchisi nomini qoʻlga kiritdi.

Napoli Femminile tahrir

2020-2021-yilgi mavsumda Dalton Italiyaning „Napoli“ jamoasiga o‘tdi va A Seriyada o‘ynadi. Tez orada unga avstraliyalik hamkasblari Alexandra Huyh va Jacinta Galabadaarachchi qo‘shildi[3].

Lewes FC ayollar tahrir

Dalton „Equality FC“ klubiga 2021-yilning yozida Brisben Roar bilan oʻtkazgan sovrinli mavsumdan soʻng qoʻshildi. Lewes FC — erkaklar va ayollar uchun teng oʻyin byudjetiga ega dunyodagi birinchi va hozirda yagona klub. Dalton oʻshandan beri klub safida 22 marta maydonga tushdi va 2021-yilning soʻnggi qismida qitʼa kubogi guruh bosqichida „Reading“ga qarshi oʻyinda 2 gol kiritdi.

Colorado universiteti, Boulder tahrir

2015-yilni Kentukki shtatidagi Lindsey Wilson kollejida o‘tkazib, 3 ta golli uzatma hamda 7 ta golni amalga oshirib, Dalton Colorado Buffaloes jamoasida o‘ynash uchun Kolorado Boulder universitetiga o‘tdi va 2018-yilgi Pac-12 All-Academic jamoasida faxriy yorliq bilan taqdirlandi[4]. Isobel 2019-yil may oyida Kolorado universitetini sotsiologiya fanlari bakalavriati bilan tamomlagan.

Manbalar tahrir

  1. „U-17s off to winning start“ (en). Matildas (2012-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  2. „Dalton loving life back in Queensland“ (en). Brisbane Roar FC (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  3. Davidson. „Meet the Aussie trio at Napoli“ (en). SBS News (2020-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  4. „Isobel Dalton - Soccer“ (en). University of Colorado Athletics. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.