Dilbarxon Samijonovna Isomiddinova (1951.2.11, Chust) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995-yil). Namangan pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim fakultetini tugatgan (1975-yil). 1970-yildan Chust tumanidagi 7-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, ilmiy boʻlim mudiri, 1995-yildan direktor. U rahbarlik qilgan davrda maktab moddiy-texnika bazasi yaxshilandi, 180 oʻrinli 4 sinf xonasi qurildi, monitoring va maʼnaviyat xonasi tashkil etildi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil