Yevgeniya Ivanovna Isomova (1948.28.1, Ignatovo sh., Mordoviya Respublikasi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Kozon pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970—80 yillarda Tatariston Respublikasi maktablarida ishlagan. 1980 yildan Toshkentdagi 1-ped. bilim yurtida direktor oʻrinbosari, 1987 yildan Chilonzor tumanidagi 103-maktab direktori. I. maktabda taʼlim-tarbiya ishlarini yuksak darajaga koʻtardi. Uning oʻquvchilari turli yillarda Respublika olimpiadalarida informatika, rus tili va adabiyoti, oʻzbek tili va adabiyoti fanlari boʻyicha 1-urinni egallashgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil