Sharofat Jabborovna Isoqova (1948.1.5, Guliston tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1971). 1971-yildan Guliston tumanidagi 5-, 1-, 1980-yildan 14-maktabda kimyo-biol. oʻqituvchisi. U oʻz faoliyati davrida bir qancha gerbariy va albomlar tayyorladi, zamon talabiga mos kimyo xonasini tashkil etdi. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida koʻrgaz-mali qurollar, texnik vositalar yordamida oʻtadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil