Ispaniya ligasi kubogi (futbol)
Futbol bo'yicha Ispaniya ligasi kubogi (ispancha: Copa de la Liga) — Ispaniyada 1983-1986 yillarda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tomonidan o'tkazilgan kelingan futbol turniridir. Avvaliga liga kubogini faqat Primera doirasida o'tkazish rejalashtirilgandi, biroq keyin musobaqani boshqa ligalarda, Segunda, Segunda B, Terseralarda ham o'tkazishga qaror qilindi.
Ispaniya ligasi kubogi | |
Davlat | ![]() |
---|---|
Asos solingan sana | 1982-yil |
Tugatilgan sana | 1986-yil |
Amaldagi chempion | Barselona |
Eng koʻp yutgan | Barselona (2) |
TarixTahrirlash
Ispaniya ligasi kubogi tashabbuschisi Barselona jamoasi prezidenti Xosep Luis Nunyes hisoblanadi. Musobaqa qo'shimcha daromad va teletomoshabinlarni ko'proq jalb etish maqsadida tashkillashtirilgan edi. Ammo 1986-yilda jamoalar vaqt yetmayotganligi va o'yinlar ko'pligi uchun turnirni bekor qilishga kelishib olishdi.
To'rt mavsum mobaynida jami uchta jamoa kubok g'olibi bo'lishga erishdi: ikki marta Barselona (1982/1983 va 1985/1986) va bittadan Real Madrid (1985) va Real Valyadolid (1984).
FormatTahrirlash
Liga kubogi musobaqasi Olimpiyacha tizimda ikkita o'yin o'tkazildi: uyda va mehmonda. Final ham ikkita o'yindan iborat bo'lgan. G'olib jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra aniqlangan. Ikkita o'yinda ham g'olib aniqlanmasa, qo'shimcha vaqtlar berilgan, undan so'ng, penaltilar seriyasi o'tkazilgan.
Barcha finallar (ikki o'yin)Tahrirlash
Yil | G'olib | Finalchi | Final natijalari |
---|---|---|---|
1983 | Barselona | Real Madrid | 2-2, 2-1 |
1984 | Real Valyadolid | Atletiko Madrid | 0-0, 3-0 |
1985 | Real Madrid | Atletiko Madrid | 2-3, 2-0 |
1986 | Barselona | Real Betis | 0-1, 2-0 |