Isroil-Kolumbiya munosabatlari – 1950-yillarning oʻrtalarida Kolumbiya va Isroil oʻrtasida ikki tomonlama rasman oʻrnatilgan munosabatlar hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

1947-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 181-rezolyutsiyasida Britaniya mustamlakasi boʻlgan Falastini yahudiy va arab davlatiga boʻlish tavsiya etilgan. Davlatlar orasida Kolumbiya ovoz berishda betaraf qolgan[1].

1950-yillarning oʻrtalarida Isroil va Kolumbiya davlatlari rasmiy ravishda diplomatik aloqalar oʻrnatdi va tegishli ravishda Bogota va Tel-Avivda elchixonalarini ochishgan[2]. 1988-yilda Isroil va Kolumbiya oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilangan. Isroil va Kolumbiya oʻrtasida erkin savdo qilish shartnomasi 2013-yil 10-iyunda imzolangan. Biroq, u hali Kolumbiya tomonidan ratifikatsiya qilinmagan va kuchga kirmagan[3]. Shartnoma ikki davlat oʻrtasida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari export qilish tariflarini pasaytirgan. Shuningdek, shartnoma Isroil kompaniyalari va jismoniy shaxslari uchun Kolumbiyaga sarmoya kiritishni osonlashtirgan. Isroilning Kolumbiyaga eksporti 2012-yilda qariyb 143 million dollarni tashkil etgan (asosan aloqa uskunalari, stanoklar, elektr va mexanik qurilmalar va kimyo mahsulotlaridan iborat)[4].

Manbalar

tahrir
  1. „facts of Israel: United Nations, 1947, Resolution 181 approves the creation of Israel, the Jewish State“. 2008-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
  2. (isp.) Israeli embassy in Colombia: Israel and Colombia“. 2007-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
  3. „Архивированная копия“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  4. „Israel, Colombia sign free trade agreement“. 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.