Isteʼmol meʼyorlari - aholi ning sihat-salomatligini taʼminlash va ish qobiliyatini saqlashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat va xizmatlarni isteʼmol qilishning miqdoriy meʼyorlari (oʻlchami, hajmi va b.). I. m. aholi isteʼmolini eng maq-bul darajaga keltirib, inson kamolotini taʼminlashga xizmat qiladi, miqdoran oʻlchash mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ishlatiladi. Har bir mamlakatda iqtisodiy holat, tabiiyiqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan maksimum va minimum I. m. tarzida ishlab chiqiladi. Maksimum I.m. eng koʻp isteʼmol etish meʼyori boʻlib, inson shaxsini har tomonlama kamoloti uchun, eng koʻp isteʼmol chegaralarini belgilaydi. Oziq-ovqat is-teʼmoliga nisbatan fiziologik meʼ-yorlar qabul qilingan boʻlib, bu insonning qanday mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi va qayerda yashashidan qati nazar qanday oziq-ovqatlar turlarini qanday miqdorda isteʼmol eti-shini bildiradi. Bu meʼyorlar tibbiyot nuqtai nazaridan qaralib, inson ovqatlanishdan bir kechayu-kunduzda 3200—3400 kilokaloriyaga teng energiya olishini va bunga maʼlum miqdoriy nisbatdagi mahsulotlar (mas, oqsil, yogʻ, vitamin va uglevodlar) is-teʼmoli orqali erishishni koʻzda tu-tadi. Bunda haddan tashqari koʻp va kam isteʼmol qilish inson sogʻligʻiga za-rarli ekanligi inobatga olinadi. Is-teʼmolning quyi meʼyori inson uchun zarur minimal isteʼmoldan kelib chiqadi. BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti ishlab chiqqan meʼyor buyicha bu koʻrsatkich 2300 kilokaloriyaga teng . Umuminsoniy meʼ-yorlar mamlakatlar, mintaqalar va hududlardagi tabiiy sharoit va isteʼmol koʻnikmalarini hisobga olib, aholini yoshiga, ish harakteriga qarab tabaqalashtiriladi. Bu meʼyor mas, Xitoyda 2150, Oʻzbekistonda 2500 kaloriya qilib belgilangan. I. m. aholi yoshiga qarab tabaqalashganda 16 dan katta yoshlilar 1 shartli isteʼmolchi boʻlsalar, bolalar 0,2, 0,3, 0,5, 0,7, 0,9 is-temolchi deb qabul qilinadi, shunga qarab maxsus meʼyorlar belgilanadi. Nooziq-ovqat tovarlariga I. m. belgilanmaydi, chunki ularni tabiiy oʻlchami yoʻq, ularning isteʼmoli did, moda va daromadga qarab tez oʻzgarib turadi. Ammo kommunal xizmatlariga nisbatan I. m. ni qoʻllash mumkin, bunda jon boshiga qancha elektr energiyasi, issiqlik, gaz, suv isteʼmol etilishi hisobga olinib, bu resurelar isteʼmolining optimal boʻlishi koʻzda tutiladi. I. m. totalitar-rejali tizimda keng qoʻllanilib, tabiatan yakka isteʼmol ni bir qolipga solish, isteʼmolni tenglashtirishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyotida I. m. moʻljal sifatida boʻlib, bozor talabi qanday chegarada oʻzgarishi mumkinligini bildiradi.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil