Isteʼmol savati
Isteʼmol savati - muayyan vaqt (oy, yil) da isteʼmol etiladigan mahsulotlar turi va toʻplamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdori. Kishi yoki oila oylik (yillik) hisobiy tovarlar (xizmatlar) isteʼmolining tipik darajasi va tuzilmasini tavsiflaydi. Moddiy oʻlcham va pul shaklida hisoblanadi. Bunday toʻplam amaldagi narxlarga koʻra I. s. dan kelib chiqib minimal isteʼmol byudjeta (tirikchilik minimumi)ni hisoblab chiqishga xizmat qiladi. I. s. foydalanish maqsadiga koʻra, oziq-ovqat mahsoʻlotlari (mas, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari, un, guruch, non va yorma, shakar, oʻsimlik moyi, meva-sabzavot va b. mahsulotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, mebel, uy jihozlari, xoʻjalik buyumlari, madaniy tovarlar va b.) va madaniy-maishiy xizmatlar, shu jumladan, pulli ijtimoiy xizmatlar (maishiy texnikalar tizimi, kir yuvdirish, kimyoviy tozalash, tomoshalar koʻrish, pulli davolanish, pulli oʻqish va b.) ga ajraladi.
I. s. ga kiritiladigan mahsulotlar avval miqdoran belgilanadi, soʻngra pulga chaqilib, qiymati aniqlanadi. Odatda, minimal I. s, yaʼni eng zarur isteʼmol belgilanadi. I. s. milliy xu-susiyatga ega boʻlib, muayyan mamlakatning iqtisodiy darajasi, isteʼmol tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. I. era turli miqdordagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi. I. s. mamlakatning iqtisodiy qudrati va aholi isteʼmol xususiyatlariga koʻra, har bir davlatda har xil boʻlishi mumkin (mas, Oʻzbekistondagi I. s. qiymati 1998 yil dekabrda jon boshiga 2480 soʻm 12 tiyinni tashkil etdi). Shuningdek, I. s. hisobiy va real isteʼmol darajasini qiyoslash bazasi boʻlib, iqtisodiy ahvolga baho berishga ham xizmat qiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |