Isteriya

Haddan ortiq,boshqarib boʻlmaydigan hissiyot

Isteriya (yun. hystera — bachadon; yunonlar I. ni bachadonning zararlanish oqibati deb bilishgan) — asabiy-ruhiy kasallik; nevrozlar guruhiga kiradi, ruhiyat, harakat, sezuvchanlik va ichki aʼzolar faoliyatining funksional buzilishlari bilan ifodalanadi. I. P. Pavlov taʼbiricha, asabi zaif kishilar I. ga moyil boʻladi. Bosh miya poʻstlogʻidagi tormozlanish va qoʻzgʻalish jarayonlarining buzilishi va ishdan chiqishi asab faoliyatining turli buzilishlariga olib keladi; ular baʼzan isterik reaksiyalar koʻrini-shida kechadi. I. belgilari 3 guruh simptomlar bilan ifodalanadi: harakat, sensor (sezgi) va vegetativ buzilishlar.

Harakat buzilishlari — giperkinezlar (qaltirash, silkinish, tutqanoq tutishi, falajlanish, maʼlum guruh muskullarining uchishi, sezuvchanlikning buzilishi) bilan namo-yon boʻladi.

Sensor (sezgi) buzilishlarga — anesteziya, gipo- va giperesteziya hamda isterik algiyalar kiradi. Isterik anesteziyalar — qoʻlqop, paypoq koʻrinishida boʻladi. I. algiyalarda bemor tanasining turli joylarida ogʻriq sezadi, baʼzi aʼzolar faoliyatining yoʻqolishi, mas, koʻrlik, karlik, soqovlik kuzatiladi.

Vegetativ buzilishlar — koʻpincha yuqorida aytib oʻtilgan alomatlar, mas, tomoqdagi yoki hiqildoqdagi spazmlar, nafas olishning tezlashishi, havo yetishmasligi bilan bir vaqtda bronxial astmaga oʻxshash (psevdoastmatik), baʼzan yurak oʻynashi yoki yurak atrofida noxush ogʻriqlar paydo boʻlishi kuzatilib, bu koʻkrak qisishi (stenokardiya) yoki miokard infarqti hurujini eslatadi. Bemorning yuzaki fikr yuritishi, boʻlar-boʻlmasga isho-nuvchanligi, xayolparastlikka moyilligi, kayfiyatning beqarorligi (salga kulib, salga yigʻlashi), oʻzgalar eʼti-borini jalb qilishga urinishi, olif-taligi I. ga xos belgilardir. Kasallik uzoq kechganda tegishli davo qilinma-sa, bemorning harakteri va xulqi oʻzgarib qolishi — psixopatiyaga olib kelishi mumkin.

Oldini olish oilada, maktabda va jamoat tashkilotlarida tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, shuningdek, nerv sistemasiga yomon taʼsir qiladigan hamma omillarni bartaraf etish, muntazam mehnat qilish, sport bilan shugʻullanish, sayr qilib turishdan iborat. I. ning dastlabki alomatlari paydo boʻlishi b-noq mutaxassis shi-fokorga borish zarur. Psixoterapiya, tinchlantiruvchi va tetiklantiruvchi vositalar qoʻllanadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil