Istirohat koʻchasi (Toshkent)
Istirohat koʻchasi — Uchtepa tumani hududida. Katta halqa yoʻli va Kichik halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 4 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Uchtepa |
Uzunligi | 4 km |
Avvalgi nomlari | Xoliq Gʻofurov koʻchasi |
Toshkent zilzilasidan zarar koʻrgan aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida 1966-yil shaxsiy uy-joylar qurilishi munosabati bilan paydo boʻlgan. 1966-yil 27-dekabrda koʻchaning birinchi yarmiga Xoliq Gʻofurov, ikkinchi yarmiga Istirohat nomi berilgan. 2005-yil 10-oktabrdan koʻchaning yaxlitligini taʼminlash maqsadida, Xoliq Gʻofurov koʻchasi ham Istirohat nomi bilan qayta nomlandi[1].
Istirohat koʻchasi Uchtepa va Shayxontohur hududlarining ramziy chegarasi hisoblanadi. Koʻchada ikki tomonlama avtotransport harakati tashkil etilib, oʻrtasi yashil zonaga aylantirilgan.
Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, maktablar, bogʻchalar, savdo shoxobchalari hamda turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.