Istod (Polygala) — istoddoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda koʻpincha togʻ yon bagʻirlarida, oʻtloklarda oʻsadi. Sibir I.i (P. sibirica) va ensiz bargli I. (R. tenuifolia) turlari dorivor hisoblanadi. Bu turlar serpoya, tik usadi, boʻyi 35 sm. Barglari oddiy, bandsiz, ketma-ket oʻrnashgan. Gullari bir tomonlama shingilga toʻplangan. Mevasi koʻsak. Ildizi tarkibida saponin, oshlovchi moddalar bor. Preparatlari balgʻam koʻchiruvchi sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil