Italiya banki (Banca d’ltalia) -Italiyaning markaziy davlat banki. 1893 yilda tashkil etilgan. Mamlakat xududida 23 ta idorasi va 97 ta buli-mi, Londonda vakolatxonasi bor. 1926 y.gacha I.b. Neapol banki va Sitsiliya banki bilan hamkorlikda banknotlar emissiyasini amalga oshirgan, 1926 yildan banknotlar chiqarish boʻyicha mo-nopol huquqga ega boʻlgan. 1936 yildan "Banklar banki", yaʼni faqat banklar va davlat moliya intlarini kreditlaydi. Bank xuzurida mamlakatdagi tijo-rat banklari faoliyatini nazorat qiladigan kreditlar va omonatlar boʻyicha Vazirliklararo qoʻmita tashkil etilgan. Tijorat banklari 1947 yildan boshlab oʻz rezervlarini depozitlar yoki davlat qimmatli qogʻozlari koʻrinishida I.b.da saqlashlari shart edi. Bu depozitlar asosida I.b. xazina veksellari chiqarib kelgan. 1998 y. 1 iyundan Yevropa Markaziy banki tizimiga kiradi. 1999 yildan yevro muomalaga kirishi bilan uning barqarorligini saqlash, Italiya xududida pul siyosatini tartibga solish vazifalarini bajaradi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil