Itbinafsha, itgunafsha (Veronica arvensis) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi oddiy (shoxlanmagan), 5—10 sm. Barglari yuraksimon, tuxumsimon, kungurali, barg bandi juda qisqa. Yondosh barglari bandsiz, tekis qirrali, nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Gulbandi qisqa. Gultoji och havo-rang . Mevasi koʻsak, tukli bezlar bilan qoplangan, 15—20 urugʻli. Urugʻi tuxumsimon. Alr.da gullab, mayda urugʻlaydi.

Adirlarda, ekinlar orasida uchraydi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz atroflari va Shim. Amerikada oʻsadi. Boshqa oʻtlar bilan oʻrilgan I.ni mollar yaxshi yeydi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil