Itkir balandligi — Amudaryo deltasidagi balandlik. Qiziljar va Qushxonatov balandliklari oraligʻida, Amudaryoning oʻng sohilida (daryodan 12,5 km) joylashgan. Eng baland joyi 76 m, nisbiy bal. 15–16 m. Paleogen va neogenning choʻkindi jinslari (gil, qumtosh, qum)dan tashkil topgan. Yon bagʻirlari tikroq, quruq oʻzanlar bilan parchalangan. Usti qum relyef shakllari bilan qoplangan. Gil va tub jinslar ustida boʻz-qoʻngʻir tuproqlar tarkib topgan. Siyrak holda biyurgʻun, boyalich oʻsadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil