Itoman (Okinava)
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
Muammo aniq keltirilmagan. Sahifadagi muammoni aniqlab yozing yoki andozani olib tashlang. |
Itoman (yaponcha:糸満市, Itoman-shi[1]) – Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan shahar. Itoman shahri hududi Okinava orolining janubida joylashgan. 2013-yil aprel holatiga koʻra shahar aholisi 59,605 kishi[2]. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1,335,53 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 46,63 km²[3][4].
Itoman 糸満市 | |
---|---|
Shahar | |
26°7′24.6″N 127°39′56.8″E / 26.123500°N 127.665778°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hudud | Kyushu |
Prefektura | Okinava prefekturasi |
Hukumat | |
• Mayor | Shinei Tōme |
Maydon | 46.63 km2 (18.00 kv mi) |
Aholisi (2013-yil, aprel) |
59,605 |
|
Geografiyasi
tahrirItoman janubda Keyp-Kyan va shimolda Yozadake shakarqamish dalalari, shuningdek, Ryukyuan adirli tepaliklari bilan bir tekislikda joylashgan. Shaharning janubi Keyp-Kyan va Mabuni tik dengiz qoyalari bilan mashhur.
Tarixi
tahrirItoman baliq ovlash porti sifatida uzoq tarixga ega. Avvalgi davrlarda Manbalarda Itoman baliqchilari Hind okeanigacha borganligi aytiladi. Yozuvlar shuni koʻrsatadiki, dengizchilar Avstraliya va Yangi Gvineya hududlarigacha yetib borgan. 1908-yilga kelib Itoman qishlogʻida 8000 kishi yashagan va ularning deyarli barchasi baliqchilik sohasi bilan shugʻullangan. Itomanlik erkaklar baliq ovlash bilan, ayollar esa Naha prefekturasiga baliq tashish va sotish bilan shugʻullangan. 1918-yilda Naha va Itoman shahri tramvay liniyasi orqali bogʻlangan. Bu liniya yoʻlning uzunligi 12 km boʻlgan. Okinava prefekturasi temir yoʻllari Itoman liniyasiga 1924-yilda ulangan va 1945-yilgacha ishlagan[5].
Itoman Ikkinchi Jahon urushida Okinava jangining oxirgi fronti boʻlgan. Hududning harbiy kuchlari va tinch aholisi juda katta talofatlar koʻrgan.
Maʼmuriy tarixi
tahrirItoman 1908-yilda shaharcha sifatida tashkil etilgan. 1961-yilda uning tarkibiga Kanegusuku, Takamine va Miva qishloqlari kiritilgan. Itomanga 1971-yil 1-dekabrda shahar maqomi berilgan.
Hokimiyati
tahrirItoman shahri Shiozaki hokimiyati tomonidan boshqariladi. Itoman taʼlim kengashi shahardagi maktabgacha taʼlim, boshlangʻich hamda oʻrta maktablar, jamoat taʼlim markazlari va sport inshootlarini boshqaradi. Itoman shahar kengashi toʻrt yillik muddatga saylanuvchi 23 ta aʼzodan iborat boʻlib, kengash raisi (Isao Uehara) va rais oʻrinbosari (Isao Tokuzato) tomonidan boshqariladi.
Iqtisodiyoti
tahrirBaliqchilik Itoman shahrining asosiy sanoati boʻlib qolmoqda.
Transporti
tahrirYoʻllari
tahrirOkinava orolining sharqiy qirgʻogʻi boʻylab Itoman shahri va Ogimi qishlogʻini bogʻlaydigan Yaponiya milliy 331-yoʻnalishi Itoman shahri orqali oʻtadi va shaharni Okinavaning boshqa munitsipalitetlari bilan bogʻlaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Okinawago jiten, Kokuritsu Kokugo Kenkyūjo, 国立国語研究所 (ja), Tōkyō: Zaimushō Insatsukyoku, 2001-03-30 — 549-bet. ISBN 4-17-149000-6. OCLC 47773506.
- ↑ "Itoman". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/.<!--->
- ↑ "Himeyuri Butai". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/.<!--->
- ↑ "糸満(市)" (ja). Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika). Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 153301537. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/.<!--->
- ↑ „arxiv nusxasi“ [Statistical Information] (ja). Itoman, Okinawa Prefecture, Japan: City of Itowan (2013). 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyun.