Iton chalkashligi, Iton tartibsizligi yoki Iton aralashmasi (inglizcha: Eton mess) - ingliz shirinligi. Bu rezavorlar aralashmasi (koʻpincha, qulupnay), beze va koʻpirtirilgan qaymoqdan iborat. U oʻz nomini, ehtimol, eng mashhur ingliz xususiy maktabi - Iton kolleji sharafiga olgan.

Itonda bunday shirinlik haqida birinchi yozma manba 1893-yil voqealariga toʻgʻri keladi[1]. Taom Iton kolleji va uning raqobatchisi Xarrou xususiy maktabi oʻrtasidagi yillik kriket oʻyinidan soʻng taqdim qilingan. Xarrouda shunga oʻxshash taom "Harrow qorishmasi" deb nomlanadi, ammo bu nom u yerdan tashqarida uncha ommalashmagan.

1930-yillarda shirinlik muzqaymoq yoki koʻpirtirilgan qaymoq bilan qulupnay yoki banan aralashmasi edi[2]. Muzqaymoq keyinchalik beze bilan almashtirildi. Iton qoorishmasini turli xil mavsumiy rezavorlar va mevalar bilan tayyorlash mumkin, ammo qulupnay eng anʼanaviy variant hisoblanadi. Iton chalkashligi piyola yoki stakanlarda yoki tekis tarelkada berilishi mumkin. "Iton chalkashligi" deb nomlangan tort ham bor (inglizcha: Eton mess cake), unda ingrediyentlarning asl birikmasi (koʻpchitilgan qaymoq, beze, qulupnay) bir nechta yumshoq kekslar uchun qatlam boʻlib xizmat qiladi.

Shirinlik zamonaviy Britaniyada juda mashhur va ommaviy madaniyatga mustahkam kirib borgan. Shunday qilib, Britaniya ommaviy axborot vositalaridagi "Iton chalkashligi" atamasi Brexit atrofidagi voqealar bilan bogʻliq holda, Konservativ partiyadagi ichki siyosiy ziddiyatlarni anglatadi, ularning koʻp taniqli aʼzolari Iton kolleji bitiruvchilari[3].

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Arthur Henry Beavan (1896). Marlborough House and Its Occupants: Present and Past. p. 162.
  2. Weir, Robin; Caroline Liddell; Peter Brears (1995). Recipes from the Dairy. London: National Trust. ISBN 0-7078-0243-1.
  3. Например:Mason, Rowena. Tory minister attacks David Cameron's 'Eton mess' inner cabinet (18 March 2014). The Guardian. ISSN 0261-3077.