Itsenko - KUSHING KASALLIGI [nevropatolog N. M. Itsenko (1889— 1954) va amerikalik neyroxirurg X. U. Kushing (1869-1939) nomidan] - gipofiza" adrenokortikotrop gormon (AKTG)ning koʻp ishlanishi oqibatida kelib chikddigan kasallik. AKTGning koʻp ishlab chiqarilishiga gipofiz mikroadenomasi sabab boʻlishi mumkin. Bunda buyrak usti bezlarining funksiyasi kuchayadi, bemorni yogʻ bosadi, qon bosimi koʻtariladi, ayollarda girsutizm kuzatiladi, qandli diabet roʻy beradi, jinsiy bezlar funksiyasi susayadi, teri quruq boʻladi va h.k.

Davosi: gipofiz sohasi rentgen yoki proton nuri bilan nurlantiriladi, qon bosimini tushiradigan, diabetga karshi, buyrak usti bezlari funksiya-sini tormozlaydigan preparatlar bu-yuriladi. Operatsiya qilib, buyrak usti bezlari yoki gipofiz qisman yoki bu-tunlay olib tashlanadi, soʻng shu bezlar gormonlari beriladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil