Ittifoq — Namangan viloyatidagi shaharcha (1989 yildan). Namangan shah-rining shimoli-gʻarbida. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi (Namangan shahri)lan 25 km. Aholisi 3,5 ming kishi (2004). Namangan parrandachilik fabrikasi qurilishi munosabati bilan 1973—76 yillarda ishchi-xizmatchilar shaharchasi sifatida bunyod etilgan. I.da Namangan parrandachilik fabrikasi asosiy sanoat korxonasi hisoblanadi. Shuningdek, umumiy taʼlim maktabi, bozorcha, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kutubxona, dorixona, tibbiy punkt faoliyat koʻrsatadi.