Ivan Aleksandrovich Goncharov [1812.6(18).6, Simbirsk- 1891.15(27).9, Peterburg] — rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1860). Moskva universitetini tugatgan (1834). Realistik proza ustasi. Dastlab romantik sheʼrlar, qissalar yozgan. "Pallada kemasi" ocherklar turkumi (1855—57)da Osiyo va Yevropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. "Oddiy voqea" (1847), "Jarlik" (1869) romanlari 19-asr tanqidiy realizmining eng yaxshi namunalaridir. Ularda 40—60-yillardagi rus vokeligi va davrning qayotiy tavsiflari anik, tasvirlangan. "Oblomov" (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli boʻlgan "oblomovchilik" dangasalik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. "Zamon zayli" romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).

Ivan Goncharov
Ivan Goncharov.jpg
Tavallud sanasi 6 (18) iyun 1812[1] va 18-iyun 1812[2]
Vafot sanasi 15 (27) sentyabr 1891, 27-sentyabr 1891[2] va 1891
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Asarlari tili Rus tili[1]

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)