Ivan Vasilyevich Lipayev (1865-yil, Samara viloyati – 25-sentyabr 1942-yil, Toshkent) – rus trombonchisi, musiqa tanqidchisi va yozuvchi, jamoat arbobi. Rossiya Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1925).

Ivan Lipayev
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 16-may 1865-yil
Vafoti 25-sentyabr 1942-yil
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi kompozitor, musiqachi

Biografiyasi tahrir

Ivan Vasilyevich 1865-yil Samara viloyati, Bobrovskiy volostining Spiridonovka qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tavallud topgan[1].

Lipayev 1882-yildan Moskva konservatoriyasida tahsil oldi. 1887-yil Moskva filarmoniyasi qoshidagi musiqa va drama maktabining B. Rempening trombon sinfini va 1890-yilda P. I. Blarambergning kompozitsiya sinfini tamomlagan. 1890-yillarning boshlarida Rossiyada birinchi misdan yasalgan musiqa asbobi chaluvchilar kvartetini tashkil etdi. Jamoada I. V. Lipayev, A. K. Marquardt va F. Putkamer (1900-yillarda oxirgi ikkita karnaylarchilar V. G. Brandt va M. I. Tabakovlar bilan almashtirilgan), I. F. Kunst (altohorn)[2]. Kvartet tez-tez konsertlarda qatnashgan va u uchun bir qator qiziqarli kamera asarlari yozilgan[3].

Lipayev 18931898, 19031912 va 19241931-yillar oraligʻida Katta teatr orkestrining artisti boʻlgan. 1907–1917-yillarda S. N. Vasilenko tarixiy konsertlarida orkestr rassomi va inspektori boʻlib faoliyat olib borgan. 1922–1926-yillarda Persimfansda chiqish qilgan. Shuningdek, Ivan dirijyor, dramatik aktyor, oʻqituvchi-musiqashunos va rejissyor sifatida ham ishlagan. 1903-yilda orkestr musiqachilarining oʻzaro yordam jamiyatini tashkil qildi va unga rahbarlik qildi.

Musiqachi Lipayev 1912–1921-yillarda Saratov konservatoriyasida trombon va musiqa tarixidan dars berdi. 1917-yildan professor unvoniga sazovvor boʻldi. 1923–1934-yillar oraligʻida A. G. va N. G. Rubinshteyn nomidagi Moskva musiqa texnikumi va M. M Ippolitova-Ivanova musiqa kollejida musiqa tarixidan dars berdi.

Ivan Vasilyevich birinchi marta 1885-yilda adabiy sohada namoyon boʻldi, oʻshandan beri (baʼzan Samarov va Volgarev taxalluslari bilan) muntazam ravishda tarixiy va publitsistik maqolalar, biografik eskizlar bilan „Novosti dnya“ (1885–1901), „Teatr i jizn“ (1888–1890), „Russkiy Listok“ (1893–1904), „Teatr, izvestiya“ (1893–1900), „Teatral“ (1895–1897), „Teatr i iskusstvo“ (1897–1898), „Muzika i jizn“ (1908–1912), „Saratovskiy listok“ (1913–1917), „Rabis“ (1927–1930) va boshqa gazeta va jurnallarida chiqdi. 1906–1910-yillarda „Muzikalniy trujenik“, 1910–1912-yillarda „Orkestr“ jurnallarining noshiri va muharriri va 1896–1917-yillarda Rossiya musiqa gazetasining doimiy muxbiri va xodimi boʻldi.

Lipayev 1942-yil 25-sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Uning qoʻlyozmalari Glinka nomidagi Davlat markaziy madaniyat muzeyida saqlanmoqda.

Manbalar tahrir

  1. „Иван Липаев: История музыки. Учебное пособие“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  2. Липаев // Парфёнова И. Н. Большой театр России в биографиях музыкантов. — С. 71.
  3. „ЛИПАЕВ Иван Васильевич“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.