Ivan Dmitriyevich Papanin (1894.14.11, Sevastopol – 1986) – qutb tadqiqotchisi, geografiya fanlari doktori (1938). Kontr-admiral (1943). Ikki marta Qahramon (1937, 1940). 1932—35 yillarda Arktika ilmiy styalarining boshligʻi. Rossiyaning bi-rinchi koʻchib yuruvchi „SP— 1“ styasiga boshchilik qilgan (1937—38). Shimoliy dengiz yoʻli boshqarmasi boshligʻi (1939— 46). Fanlar akademiyasining Dengiz ekspeditsiyasi ishlari boʻlimi boshligʻi (1951), 1952— 72 yillarda Fanlar akademiyasi Ichki suvlar biologiyasi instituti direktori. Geografiya jamiyatining faxriy aʼzosi (1938). Taymir yarim oroldagi burun, Antraktidadagi togʻlar, Tinch okeandagi suv osti togʻi P. nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Papanin Ivan Dmitriyevich" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Jizn naldine, M., 1938; Lyod i plamen, M., 1977.