Ivan Georgiyevich Skadovskiy (1874-yil 30-may, Xerson – 1937-yil 23-noyabr, Toʻrtkoʻl) – rus pravoslav ruhoniysi. 2000-yilda rus pravoslav cherkovining avliyosi sifatida kanonizatsiya qilingan[1].

Ivan Skadovskiy
Tavalludi 1874-yil 30-may
Vafoti 23-noyabr 1937-yil(1937-11-23)
(63 yoshda)
Toʻrtkoʻl
Fuqaroligi SSSR
Kasbi Ruhoniy

Biografiyasi

tahrir

1874-yil 30-mayda yirik yer egasi Georgiy Lvovich Skadovskiy oilasida tugʻilgan, uning otasi Xerson okrugi zodagonlarining boshligʻi, sud maslahatchisi, zodagon vasiylik raisi va 1901-yilda okrug harbiy raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ivan Skadovskiy qishloq xoʻjaligi maktablarini, kimyo, vinochilik va uzumchilik boʻyicha oliy kurslarni tamomlagan. 1906—1909-yillarda Xerson okrugida zemstvo boshligʻi boʻlgan, keyin nafaqaga chiqqan va oʻz yerida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. 1916—1917-yillarda armiyada xizmat qilgan.

Ruhoniylik faoliyati

tahrir

1918-yildan – Xerson shahridagi yepiskop cherkovida ruhoniy boʻlib faoliyat yurita boshlagan, 1922—1925-yillarda – shahar soborida keyinchalik boshqa cherkovda xizmat qilgan. 1926-yilda u Solovetskiy lageriga kelib, qamoqdagi Xerson arxiyepiskopi Nikolayev Prokopiy bilan uchrashgan. U 1928-yilda yana bir bora yepiskop bilan uchrashishga borgan, lekin uchrashishga ruhsat berishmagan.

Surgun

tahrir

1935-yil 17-martda SSSR NKVDning navbatdan tashqari majlisi arxiyepiskop Prokopiy va ruhoniy Ivan Skadovskiyni davlat tuzumiga qarashi xarakatlari va aholi orasida noqonuniy monarxistik tashviqot ishlarini olib borganlari uchun Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahriga besh yilga surgun qilish haqida hukm chiqargan va shu yilning 7-mayida qaror amalga oshirilgan. 1937-yil 24-avgustda arxiyepiskop Prokopiy va ruhoniy Ivan Skadovskiy aksilinqilobiy monarxistik tashviqot va noqonuniy cherkov tashkil qilganliklari uchun hibsga olingan. Ular oʻz ayblariga iqror boʻlishmagan. 28-oktyabrda NKVD ularni oʻlimga hukm qilgan[2].

Manbalar

tahrir