Aleksey Ivanovich Ivanov (1885—1958) — mexanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1938), Toshkentdagi gimnaziyani (1898—1906), Germaniyaning Tyubingen sh.dagi universitetni va Karlsrue (Baden) politexnika institutini (1906—12), Peterburg politexnika institutini (1917) tugatgan. Germaniyadagi Karlsrue mashinasozlik zavodida muhandiskonstruktor (1912—14). Yoqilgʻi boʻyicha Turkiston vakili (Turktop) taklifiga binoan Toshkentda ishladi (1917—19). 1919-yildan Turkiston untida, Oʻrta Osiyo Paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI)da, Oʻrta Osiyo Energetika institutida, Oʻrta Osiyo Industrial institutida, Toshkent Politexnika institutida ishladi. Bir necha oʻquv qoʻllanmalari tuzdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil