Ixneumonidlar (Ichneumonidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub parazit hasharotlar oilasi. Tanasining uz. 10—25 mm; koʻpincha, ipsimon moʻylovi uzun. Qanotlari 2 juft, baʼzan ular qisqargan boʻladi, qanotsizlari ham uchraydi (ayniqsa, urgʻochilarida). I. lichinkasi hasharot va oʻrgimchaklarning tuxumida, lichinkasi va gʻumbaklarida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan I. gul changi va nektari, bitlar hamda koksidlar chiqargan suyuq shirasimon modda bilan oziqlanadi. Baʼzi turlarining urgʻochilari tuxum qoʻyish uchun nayza sanchganda ajralgan xoʻjayin ge-molimfasini ichadi, baʼzi xrllarda faqat ovqatlanish uchun nayza sanchadi. Oʻrta Osiyo mintaqalarida I. qamma joyda keng tarqalgan. Paxta zararkunandalari sonini tartibga solishda kuzgi tunlam qurtida parazitlik qiluvchi oʻroqsimon banxus (Banchus falcatorius F.) va shiddatli ambliteles (Amblyteles vadatorius He) kabi turlarining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, meniskus (Meniscus agnatus Grav.) va diadegma (Diadegma crassicornis Grav.) kulrang don tunlamining kichik yoshdagi kurtlarida, shu zararkunandaning tuproqdagi katta yoshli qurtlarida esa paniskus (Paniscus gracilipes Thom.) va ambliteles (Amblyteles castigator), nitobiya (Nytobia fenestralis Holmgr.) esa karam kuyasi qurtlarida, qurollangan ambli-teles (A.armatorius Forst.) karam tunlami, kuzgi tunlam va b. tunlam qurtlarida parazitlik qiladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil