Iyerixon — Oʻlik dengizning shim.-gʻarbida, Iordan daryosi vodiysida joylashgan shahar. Mil. av. 7—2ming yillikda Falastindagi qad. manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qoʻsh devori boʻlgan shahar harobasi (mil. av. 18—16-asrlar), maqbaralar ochilgan. Mil. av. 2ming yillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga koʻra, I.ning devorlari dushman karnaylari sadosidan ("iyerixon karnaylari") qulab tushgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil