Iyerogliflar nazariyasi - gno seologik nazariya; unga koʻra, sezgilar — narsalar real xossalarining shartli belgilari (simvollar, iyerogliflar)dir, sezgilarning narsalar hamda ularning xossalari bilan hech qanday umumiyligi yoʻq. I. n. ni 19-asr oxirida nemis fiziologi G. Gelmgols ishlab chiqqan. Bunda u nemis fiziologi I. Myuller ifodalab bergan "sezgi organlarining oʻziga xos energiyasi qonu-ni"ga asoslangan. Mazkur konunga koʻra, sezishning oʻziga xos xususiyati sezgi aʼzolarining oʻziga xos tuzilganligi bilan belgilanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil