Izochiziqlar — geografik haritada bir xil qiymat miqdordagi nuktalarni, mas, atm. bosimi, atm. yogʻinlarining qalinligi, miqdori, havo temperaturasi va h.k.ni (jadvalga qarang) birlashtiruvchi chiziqlar. Haritagrafiyada keng qoʻllaniladi. I. yordamida haritalarda muayyan hodisalarning turli tavsifi — ularning mavsumiy oʻzgarishi, sil-jish tezligi, davriy takrorlanishi koʻrsatiladi.

Aromatik I.ning alifatik I.ga nisbatan reaksiyaga kirishish xususiyati yuqori. Elektronakseptor oʻrinbosari reaksiyaga kirishish qobiliyatini oshiradi, elektrondonorlar esa pasaytiradi.

I. usulida tuzilgan haritalarda chiziqlar oraligʻi boʻyalib koʻrsatilsa (tasvirlansa) haritalarning oʻquvchanligi oshadi. Aholi zichligini tasvirlovchi haritalar, temir yoʻl yoki avtomagistral yoʻllardan bir xil masofada joylashgan yerlar, togʻli hududlarda bir xil balandlikda joylashgan aholi soni va aholi yashaydigan joylar soni, qishloq xoʻjaligi haritalarida yetishtiriladigan mahsulotning hosildorligini tasvirlashda va h.k.da bu usuldan foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil