Izofermentlar (izo... va fermentlar), izoenzimlar, izozimlar — maʼlum fermentning molekulyar shakllari. Bir tipdagi katalitik faollikka ega. Bir turdagi organizmlarda yoki bir hujayrada uchraydi. Bir xildagi reaksiyalarni tezlatadi, lekin tarki-bidagi aminokislotalari, baʼzi fizik, immunologik, adsorbsion va katalitik xossalari, fazoviy tuzilishi va b. bilan farq qiladi. I.ni elektroforsz yordamida bir-biridan ajratish mumkin. Koʻpgina fermentlar (laktat-degidrogenaza, malatdegidrogenaza, kreatinkinaza va b.) uchun izoform mavjudligi aniqpandi. Bitta ferment izoformlari I. spektrini tashkil etadi. U odam, hayvon va oʻsimliklar orga-nizmining turli toʻqimalari uchun qatʼi xos boʻlib, baʼzi patologik holatlarda oʻzgarishi mumkin. I.ni aniqlash diagnostik ahamiyatta ega. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil