Izomerlanish, izomerizatsiya- organik birikmalarning mo-lekulasi ichidagi oʻzgarish. Bunda molekulalarning tuzilishi oʻzgaradi-yu tarkibi va mol. m. oʻzgarmaydi. I. reaksiyalari qaytar reaksiyalardir: izomer shakllar oʻrtasidagi muvozanat temperatura, bosim va shu kabilarga bogʻliq. Tautomeriya I.ning juzʼiy bir koʻrinishidir. Neftni qayta ishlash sanoatida motor yonilgʻilarining sifati I. yoʻli bilan yaxshilanadi, aromatik boʻlmagan xom ashyodan kimyo sanoati uchun muhim aromatik uglevodorodlar — toluol va shu kabilar olinadi. Tabiatdagi kimyoviy jarayonlarda I. muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil