Izostaziya (izo... va yun. stasios — teng ogʻirlik), izostatik muvozanat — Yer poʻstiyaat togʻ jinslarining muvozanat holati. Yer kaʼrining muayyan chuqurligida (kompensatsiya chuqurligi 100–150 km) yuqoridagi gorizontlardan boʻladigan bosim barobarlashadi. Bunga koʻra, Yer pusti, uning nisbatan yirik (100–200 km) boʻlaklari Yer poʻstining ostidagi qattiq va ogʻirroq plastik qatlamda goʻyo suzib yurgandek boʻlib, muvozanat holatiga erishadi: Yer pusti ayrim bloklarining zichligi va kalinligining oshishi Yer poʻstining choʻkishiga olib keladi va, aksincha, bloklar zichligi va qalinligining kamayishi Yer poʻstining yuqoriga koʻ-tarilishiga sabab boʻladi. Gravimetri-yaning hozirgi maʼlumotlari, shu jumladan, chuqur seysmik zondlash Yer pusti yirik bloklarining koʻpchiligi materik va okeanlarda I. sharoitlariga mos joylashganligidan dalolat beradi. Tektonik faol joylar bundan istisno.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil