Izotop almashuvi - biror ele ment izotoplarining sistemaning turli fazalari (suyuq, qattiq va b.), zarralari (molekula, ion) oʻrtasida qay-ta taqsimlanishi. I.a.da moddalar tarkibini saqlagan holda bir izotop shaklidan ikkinchisiga oʻtib turadi, mas, xlorning ogʻir izotopi 37S1 bilan boyitilgan vodorod xloridga xlorning odatdagi izotopi (75,53% 35S1 va 24,47% -17S1) aralashtirilsa, I. a. reaksiyasi: N37S1 + 35S12=N35S1 + 35S1"S1, N"S1+35S137S1=N35S1+37S12 natijasiyaa vodorod xloridda ogʻir izotop kamayib, xlorda koʻpayadi.

I.a.— bir xil atomlar yoki atom guruhlari orasida roʻy beradigan alma-shinuvning bir koʻrinishi; bunday almashinuvning mumkinligini 1886-yilda Mendeleyev aytib bergan edi. I. a. reaksiyalari gomogen (erigan modda bilan erituvchi oʻrtasida, gazlar aralashmasida va h.k.) va geterogen (qattiq va suyuq moddalar orasida, qattiq katalizator yuzasi bilan gazlar orasida va h.k.) sharoitda oʻtkazilishi mumkin. I. a.da reaksiyaga kirishuvchi moddalar izotoplar tarkibini tenglashtirishga intiladi va bunda izotoplar muvozanati vujudga keladi. Ammiak bilan ammoniy xlorid tarkibidagi azot elementlari oʻrtasidagi I. a.da avvaliga har ikki azotning tabiiy tarkibi bir xil boʻlib (I5N: I4N= 1:262), keyin esa hosil boʻlgan tuzda I5N ning miqdori ammiakdagiga nisbatan 3,4% kupayadi. Ana shunday I. a.ni maxsus fraksion kolonnalarda koʻp marta qaytarib, I4NH4C1+I5NH3 15NH4C1+14NH3 reaksiyasi asosida I5NH4C1 olish mumkin. Ana shunday yoʻl bilan uglerod 13S, ol-tingugurt 34S, *S va b.ning ogʻir izo-toplari konsentratlari olinadi. I.a. izotop indikatorlar sifatida qoʻllaniladigan moddalarga izotop belgi ki-ritish usullaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Mas, ogʻir benzol C6D6 ni I. a. yoʻli bilan oddiy benzol S6N6 va ogʻir sulfat kislota D2SO4 dan olish oson, ogʻir sulfat kislota esa oʻz navbatida SO3 ni D2O da eritib olinadi.

I. a. imkoniyati va tezligi molekulalarning tabiati, tuzilishi, muhit, katalizatorlar va b.ga bogʻliq. Mas, fenol S6N5ON bilan D2O oʻrtasidagi N—D almashinuvi — ON guruxda bir lahzada, benzol halqasida esa gʻoyat sekin boradi. Benzol halqasiga — NO2 guruhi kiritilsa yoki D2O suyuq ammiak ND3 bilan almashtirilsa, yadrodagi almashinuv juda tezlashadi. I.a. krnu-niyatlari va tartibini oʻrganish katta ahamiyatga ega, chunki oddiy kimyoviy reaksiyalarda atomlar va guruhlar ha-rakatchanligi shu qonuniyatlarga boglik.

I. a. turli ilmiy ishlarda va sanoatda keng qoʻllaniladi. Ogʻir suvni sanoat miqyosida olishda deyteriyni konsentrlash I. a. reaksiyasi orqali amalga oshadi.

Adabiyot tahrir

  • Radioaktivnie indikatori v ximii. Osnovi metoda, pod red. V. B. Lukyanova, 3 izd., M., 1985.

Rustam Maʼrupov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil