Isobel Bizu Beardshou (1994-yil 28-aprel)- Izzy Bizu nomi bilan tanilgan Britaniya va Efiopiya qoʻshiqchisi. Epic Records uchun yozilgan bir nechta qoʻshiqlar muallifi[1][2]. Bizu BBC Radio 1da faoliyat yurituvchi Ennie Mac va Phil Taggart , BBC Radio 1Xtrada ishlovchi Trevor Nelsondan radioga oid asosiy bilimlarni oldi[3][4]. Coldplay, Sam Smith, Rudimental, va Foxes ham uni qoʻllab-quvvatlagan[5][6]. 2015-yil noyabr oyida Bizu Brit Critics' Choice va BBC ning Sound of… 2016 mukofotlari uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan[7]. 2016-yilgi marosimda BBC Music Introducing Award mukofotini qoʻlga kiritgan. 2016-yil 25-iyunda Bizu Glastonbury festivalida Park Sahnasida chiqish qilgan.

Izzy Bizu

Izzy Bizuning Victorious festivalidagi ishtiroki (2016-yil)
Tavalludi 28-aprel 1994
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Taʼlimi Stamford o'rta maktabi
Kasbi Qo'shiqchi va qo'shiqlar muallifi

Hayoti tahrir

Izzy Bizu janubi-gʻarbiy Londonda tugʻilgan[8]. Stamford oʻrta maktabida oʻqigan. [9] Onasi efiopiyalik, otasi esa ingliz . Oʻsmirligida Londonga koʻchib oʻtishdan oldin otasininng ishi tufayli Efiopiya va Bahrayn oʻrtasida oʻsgan[1]. Kollejda musiqa texnologiyasi boʻyicha oʻqigan, biroq koʻp oʻtmay oʻqishni tashlab ketgan[1].

Ish faoliyati tahrir

2013: Coolbeanz tahrir

SoundGirl qizlar guruhi ajralganidan soʻng, Bizu 2013-yil fevral oyida ochiq mikrofon kechasi tanlovida gʻolib boʻlgan. Ishtirokchilar orasida Emeli Sande va Naughty Boy ham boʻlgan[10]. Bizu dastlabki mini-albomini 2013-yilning sentyabr oyida ommaga taqdim etgan. Ushbu mini-albom eʼlon qilinishi bilanoq iTunes Soul va R&B kabi reytinglarda 3-oʻrinda joylashtirilgan va 50 000 nusxada sotilgan[11]. 2013-yil oktyabr oyida Sam Smithni Buyuk Britaniya gastrollarida qoʻllab-quvvatlagan[12]. Noyabr oyida Jamie Cullum uni Londondagi The Roundhousening ochilish marosimiga taklif qilgan[13].

2014-2016: yulduzli yillari tahrir

2014-yil yanvar oyida Bizu Glastonberi festivalining isteʼdodlar tanlovida ishtirok etgan. 2014-yil aprel oyida Pilton Working Menʼs Clubda tadbirning jonli finalida chiqish qilib, tanlovning 8 finaliga chiqqan va Bizu ikkinchi oʻrinni egallagan. PRS fondidan 2500 funt sterling yutib olgan va Glastonbury festivalida ham oʻrin egallagan[14][15].

2014-yil iyun oyida Bizu BBC Introducing tomonidan Glastonberi festivalida chiqish qilish uchun tanlangan[12][16]. 2014-yil iyul oyida Epic Records bilan shartnoma imzolagan[17]. Bir yil oʻtgach, BBC Radio 1, Radio 2 va 1Xtra tomonidan qoʻllab-quvvatlangan „Adam & Eve“ va „Diamond“ deb nomlangan debyut albomidan birinchi qoʻshiqlarni chiqargan va Glastonburyda ijro etgan[18][4][19][20].

2015-yil sentabr oyida „Give Me Love“ qoʻshigʻi chiqqan[21]. 2015-yil noyabr oyida Bizu Brit Critics' Choice mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kirgan[22]. 2016-yil yanvar oyida Bizu Milliy Fuqarolik Xizmati (NCS) reklamasi uchun „White Tiger“ qoʻshigʻini yaratgan. 2016-yil mart oyida Tinie Tempah va Jess Glynne birgalikda ushbu qoʻshiqni ijro etishgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Gibsone, Harriet. „Izzy Bizu: 'It's OK to be a space chicken'“. The Guardian (2016-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  2. „How Ethiopia Influenced British-Ethiopian Singer Izzy Bizu's Music at Tadias Magazine“. Tadias.com. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
  3. „Izzy Bizu unveils new single 'Give Me Love'“. thefourohfive.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Izzy Bizu in the Live Lounge“. bbc.co.uk.
  5. „Rudimental live at Alexandra Palace“. rudimental.co.uk. 2016-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  6. „Foxes UK Tour 2015 with Izzy Bizu“. livenation.co.uk.
  7. „BBC Sound Poll 2016“. bbc.co.uk.
  8. „Introducing: South London based Izzy Bizu“. livenation.co.uk. 2016-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  9. „Izzy Bizu- 'It first started here'“. Girls' Schools Association. Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.
  10. „Introducing... Izzy Bizu“. bbc.co.uk (2015-yil 22-sentyabr).
  11. „Izzy Bizu – Coolbeanz EP“. dmpgroup.com. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  12. 12,0 12,1 „Izzy Bizu at Glastonbury 2014“. bbc.co.uk.
  13. „Izzy Bizu and Jamie Cullum at Glastonbury 2014“. bbc.co.uk.
  14. „Glastonbury Festival - 2014 Emerging Talent Competition finalists announced“. Glastonburyfestivals.co.uk.
  15. „Glastonbury Festival - M+A win 2014 Emerging Talent Competition“. Glastonburyfestivals.co.uk.
  16. „Izzy Bizu performs at Glastonbury 2014“. mtv.co.uk. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  17. „Izzy Bizu signs to Epic Records“. bimm.co.uk.
  18. „The Radio 1 Breakfast Show with Nick Grimshaw 15/06/2015“. bbc.co.uk.
  19. „BBC Radio 2 – Jo Whiley, 16/06/2015“. bbc.co.uk.
  20. „The Noisey Glastonbury Portfolio by Jillian Edelstein“. noisey.vice.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „Later... with Jools Holland – Series 47, Episode 2“. bbc.co.uk.
  22. Gibsone, Harriet. „Izzy Bizu, Jack Garratt and Frances: meet the Brits critics' choice shortlist“. The Guardian (2015-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.