Jérôme Gauthier-Leduc (talaffuzi: Jérom Gauthier-Leduc; 1992-yil 30-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi, hozirda Milliy liganing (NL) HC Ajoie jamoasida oʻynaydi.

Jérôme Gauthier-Leduc
Tugʻilgan joyi 30-iyul 1992-yil (1992-07-30) (31 yosh)
Quebec City, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 194 lb (88 kg; 13 st 12 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot

Sobiq jamoalar
HC Ajoie
Rochester Americans
Binghamton Senators
HC Dynamo Pardubice
Belfast Giants
Dornbirn Bulldogs
Västerås IK
Vienna Capitals
NHLga kirish drafti 68-oʻrin, 2010
Buffalo Sabres
Jamoalardagi faoliyat 2012—hozirgacha

Faoliyati tahrir

Gauthier-Leduc Buffalo Sabers jamoasi tomonidan 2010-yilgi NHLga kirish draftining uchinchi bosqichida (umumiy 68-oʻrin) jamoaga oʻyinchi sifatida tanlangan[1][2].

2015—2016-yilgi mavsumda Sabers jamoasining AHLdagi filiali Rochester Americans jamoasi bilan 57 oʻyindan soʻng, u 2016-yil 27-fevralda yetti oʻyinchi transferida Ottawa Senators jamoasiga almashtirilgan[3]. U toʻgʻridan-toʻgʻri AHL filialiga, yilning qolgan qismida Binghamton Senators jamoasiga qoʻshilgan.

Mavsum oraligʻida erkin agent sifatida Leduc NHL shartnomasini tuza olmagan va 2016-yil 27-avgustda u Chexiyadagi, ELHning HC Dynamo Pardubice jamoasi bilan chet elda bir yillik shartnoma imzolashni tanlagan[4]. 2017-yil fevral oyida Leduc mavsum oxirigacha shartnoma imzolab, Britaniya Elite Xokkey Ligasining Belfast Gigants jamoasiga oʻtishga rozi boʻlgan[5].

Leduc 2017-yil iyun oyida Belfast jamoasini tark etib, Avstriyaning Dornbirn Bulldogs EBEL klubi bilan shartnoma imzolagan. U Shvetsiyada Yevropadagi faoliyatini davom ettirishdan oldin Bulldogs jamoasi bilan ikki mavsum oʻynagan va 2019-yil 17-iyulda erkin agent sifatida Västerås IK jamoasi bilan bir yillik Allsvenskan shartnomasini imzolashga kelishib olgan[6].

2020-yilda Leduc Vena Capitals jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Avstriyaga qaytib kelgan.

2021-yil 11-iyunda Leduc ikki yillik shartnoma asosida Milliy liganing (NL) yangi koʻtarilgan HC Ajoie jamoasiga qoʻshilgan[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Playoff
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2007—2008 Séminaire St-François Blizzard QMAAA 43 10 12 22 10 17 2 6 8 26
2008—2009 Rouyn-Noranda Huskies QMJHL 52 1 16 17 8 6 0 2 2 5
2009—2010 Rouyn-Noranda Huskies QMJHL 68 20 26 46 16 11 2 4 6 2
2010—2011 Rimouski Océanic QMJHL 61 18 38 56 26 5 1 2 3 6
2011—2012 Rimouski Océanic QMJHL 62 28 46 74 41 21 9 10 19 12
2012—2013 Rochester Americans AHL 47 3 3 6 8 3 0 0 0 0
2013—2014 Rochester Americans AHL 51 3 7 10 22 4 0 1 1 0
2013—2014 Gwinnett Gladiators ECHL 8 1 3 4 2
2014—2015 Rochester Americans AHL 76 6 19 25 59
2015—2016 Rochester Americans AHL 54 7 9 16 28
2015—2016 Binghamton Senators AHL 22 4 6 10 6
2016—2017 HC Dynamo Pardubice ELH 41 4 5 9 63
2016—2017 Belfast Giants EIHL 11 5 7 12 4 3 1 1 2 2
2017—2018 Dornbirn Bulldogs EBEL 43 6 19 25 20 6 1 4 5 2
2018—2019 Dornbirn Bulldogs EBEL 52 5 27 32 32
2019—2020 Västerås IK Allsv 50 6 34 40 34 1 0 0 0 0
2020—2021 Vienna Capitals IceHL 48 6 27 33 44 8 1 2 3 12
AHLdagi umumiy ochkolari 253 23 44 67 123 7 0 1 1 0

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2009 Canada Quebec U17 5 5 0 2 2 0
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 5 0 2 2 0

Mukofot va unvonlar tahrir

Mukofot Yil
CHL eng yaxshi istiqbollari oʻyini — Team Bobby Orr 2010 [8]

Manbalar tahrir

  1. „Sabres take D Gauthier-Leduc in third round of draft“. USAToday (2010-yil 26-iyun). Qaraldi: 2010-yil 26-iyun.
  2. „Jérôme Gauthier-Leduc player profile“. eliteprospects.com (2012-yil 4-mart). Qaraldi: 2012-yil 4-mart.
  3. „Sabres acquire four from Senators“. Buffalo Sabres (2016-yil 27-fevral). Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
  4. „Defenseman Leduc agrees to terms with Pardubice“ (Czech). HC Dynamo Pardubice (2016-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
  5. „Giants sign defenceman Leduc“. EIHL (2017-yil 14-fevral). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral. [sayt ishlamaydi]
  6. „Västerås IK sign Leduc to last foreigner license“ (Swedish). Västerås IK (17-iyul 2019-yil). Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  7. „Confirmed - Jérôme Gauthier-Leduc to suit up for HC Ajoie for two seasons“. swisshockeynews.ch (11-iyun 2021-yil). Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
  8. „P.E.I. player gets named to Team Bobby Orr“. The Guardian (2009-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 5-mart.