Jaʼfar as-Sodiq

Hazrati paygʻambar ahli baytlaridandur

Jaʼfar as-Sodiq, Jaʼfar ibn Muhammad Abu Abdulloh (taxminan 700— Madina — 765) — shialikdagi jaʼfariylik mazhabi asoschisi, shialarning 6-imomi. "Sodiq" laqabini toʻgʻri soʻz boʻlganligi uchun olgan. J. S shajarasi ota tomondan hazrat Aliga, ona tomondan hazrat Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi. J. S. siyosiy faoliyatda mutlaqo qatnashmadi, imomlikka daʼvogarlik ham qilmadi. U hokimiyat uchun qurolli kurash olib borishning dushmani edi, oʻz qarindoshlarining chiqishlarini (739—740-yillarda Zayd ibn Alining Kufada, 762-yil Muhammad anNafs az-Zakiyning Xijozda) qoraladi. Lekin diniy fanlar (hadislar, tafsir, fiqh)ni oʻrganishda oilaviy anʼanani davom ettirdi va "moʻtadil" shialarning maʼnaviy rahbari boʻlib qoldi. U fiqx va ilohiyot masalalari muhokama qilinadigan majlislar tashkil etardi. Rasululloh avlodlari (axli bayt)ning eng koʻzga koʻringan olimlaridan biriga aylanadi.

J. S. din usullarini ishlab chiqqan, uning kimyoga oid bir necha risolalari boʻlgan.

Hoz. baʼzi musulmon ulamolari J. S. "arab ilmiy anʼanasining otasi" degan fikr bildiradilar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil